Qidirish

12:46 / 2025-07-26 76 0 Jamiyat

Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi

Avtosugʻurta tariflari 2026-yil 1-yanvardan boshlab oshiriladi.

world-news

Hukumat qaroriga koʻra, yangi narxlar haydovchilar soniga, mashinaning oʻzimizda sotilgani yoki import qilinganiga qarab belgilanadi.

Ayni paytda 40 ming soʻm atrofida boʻlgan (haydovchilar soni cheklangan) yillik majburiy avtosugʻurta narxi 2026-yildan kamida 4 barobarga oshadi.

Bu uzoq viloyatlar uchun belgilanayotgan narx. Poytaxt va Toshkent viloyatida yanada qimmatroq.

Jumladan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida mashinani boshqarish huquqiga ega cheklangan haydovchilar soni koʻrsatilgan polis uchun:
- yengil avtomobillar 192 ming soʻm,
- yuk mashinalari 336 ming soʻmga tushadi.

Qolgan viloyatlarda esa tariflar mos ravishda 160 va 280 ming soʻmni tashkil etadi.

Chet eldan kelayotgan avtomashinalar uchun esa sugʻurta narxi yana ikki barobar qimmatroq boʻladi: yengil avtolarga 320 ming va yuk avtolariga 560 ming soʻm!

Ayni paytda sugʻurtada haydovchilar soniga cheklov qoʻyilmasa 160 ming soʻm, yaʼni oddiy sugʻurtadan 4 barobar qimmat. Yangi tarifda bu holda narx yana ikki barobarga ziyodroq boʻladi. Aytaylik, viloyatlarda yengil avtolar uchun 320 ming soʻm.

Lekin yangi tarif boʻyicha, viloyatlarda chetdan import qilingan va haydovchilar soni cheklanmagan yengil avtomobillar uchun yillik sugʻurta narxi 640 ming soʻmga yetadi. Poytaxtda bu summa 792 ming soʻmni tashkil etadi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur oʻzgarishlar bozorda tartibni kuchaytirish va avtohalokat yuz bergan holatlarida aniq javobgarlikni belgilash, koʻproq sugʻurta mukofoti toʻlash maqsadida kiritilmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish