So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, soat 16:40 larda Samarqand shahrining Al-Xorazmiy koʻchasida harakatlanib kelayotgan Tracker-2 rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Xabarga koʻra, voqea joyiga 1 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:43 da yetib borib, yongʻin soat 16:53 da oʻchirilgan. Bildirilishicha, yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Cobalt rusumli avtomobil yonib ketgandi va oqibatda mashinada boʻlgan 4 kishi kuyish tan jarohatini olgandi.