So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Buxoro va Fargʻona viloyatida pul evaziga oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi.
Maʼlum boʻlishicha, Buxoro viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.X. va O.R. fuqaro O.B.ga muqaddam Buxoro pedagogika institutida oʻqituvchi vazifasida ishlagan F.R. orqali ushbu institutga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda bergan. Ular ushbu yordami evaziga 3500 dollar olgan vaqtida ushlangan. Shundan soʻng, davom etgan tadbirda fuqaro F.R. ham tanishi R.Sh. orqali 2000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qolaversa, Fargʻonada oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro Sh.N.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Fargʻona davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytgan. Ushbu ish evaziga Sh.N.dan 1200 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.