So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
O‘zbekistonda kasb o‘rganish imkoniyatlari kengayadi: internet orqali bepul videodarslar joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholi bandligini ta’minlash va kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan taqdimotda internet orqali bepul videodarslar, "kasb vaucherlari" hamda elektron platformalar asosida yangi tizimni joriy etish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yilning birinchi yarim yilligida banklar mahallalarga bog‘langan holda aholi bandligini ta’minlashda faol ishtirok etmoqda. Bu davr mobaynida 3 milliondan ortiq fuqaro daromadli mehnatga jalb etilgan. 1 iyul holatiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil etgan.
Shu bilan birga, ishga qabul qilish jarayonlarida axborot texnologiyalari yetarlicha qo‘llanilmayotgani va amaldagi qonunchilik normalari ayrim tadbirkorlik subyektlari, ayniqsa, kichik korxonalar uchun murakkablik tug‘dirayotgani qayd etildi. Hozirgi talablar ish beruvchilarni vakansiyalar haqida ochiq ma’lumot berishga undamaydi. Bu esa mehnat bozorini samarali tahlil qilish hamda kasbiy ta’lim yo‘nalishlarini to‘g‘ri aniqlash imkoniyatini cheklamoqda.
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan yangi rejaga ko‘ra, mehnat organlari jazo qo‘llovchi emas, balki hamkorlikka asoslangan xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmaga aylantiriladi.
Xususan, ish beruvchilar tomonidan vakansiyalar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki nomzodlarni ishga qabul qilmaslik uchun belgilangan jazo choralarini bekor qilish taklif etilmoqda. Bu orqali bandlik organlari haqqoniy ma’lumotlarni yig‘ib, fuqarolarni tegishli ish o‘rinlariga yo‘naltiradi. Ish beruvchi esa o‘z ehtiyoji asosida qaror qabul qiladi.
Yangi tizimni amalga oshirish uchun maxsus elektron platforma yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, u avvalo Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etiladi va keyinchalik butun mamlakat bo‘ylab tatbiq qilinadi.
Shuningdek, malakali mutaxassislar yetishmovchiligi mavjud sohalar kasbiy ta’limning ustuvor yo‘nalishiga aylantirilib, maqsadli tayyorgarlik ishlari tashkil etiladi. Xususiy sektor vakillari Kasbiy ko‘nikmalar markazlari faoliyatiga jalb etiladi, ayrim markazlar esa muayyan sohalar bo‘yicha ixtisoslashtiriladi.
Mutasaddilarga kasbiy ta’limni uch bosqichli tizimga o‘tkazish, internet orqali bepul videodarslarni yo‘lga qo‘yish hamda ishlovchi fuqarolar uchun "kasb vaucheri" orqali qayta tayyorgarlik yoki malaka oshirish imkonini yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Prezident ta’kidlashicha, malakali kadrlar tayyorlash – mamlakatda ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirishning eng muhim omillaridan biridir.



