So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
2025/2026 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Yangi oʻquv yilida davlat oliy taʼlim muassasalariga bakalavriat boʻyicha uchta taʼlim shakli uchun oʻrin ajratiladi. Jumladan, kunduzgi taʼlim shaklida jami 148 400 talaba oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi.
Shundan taʼlim tili boʻyicha oʻrinlar quyidagicha taqsimlangan:
- Oʻzbek tili — 124 339 ta;
- Rus tili — 19 125 ta;
- Qoraqalpoq tili — 4 121 ta;
- Qozoq tili — 375 ta;
- Tojik tili — 305 ta;
- Qirgʻiz tili — 75 ta;
- Turkman tili — 65 ta.
Bakalavriatning kechki taʼlim shakli uchun 28 732 ta oʻrin ajratildi. Shundan taʼlim tili kesimidagi taqsimot quyidagicha:
- Oʻzbek tili — 25 563 ta;
- Rus tili — 2 477 ta;
- Qoraqalpoq tili — 437 ta.
Bakalavriat yoʻnalishining masofaviy taʼlim shakli uchun 18 195 ta oʻrin ajratildi. Shundan taʼlim tili kesimidagi taqsimot quyidagicha:
- Oʻzbek tili — 16 000 ta;
- Rus tili — 1 780 ta;
- Qoraqalpoq tili — 415 ta.
Yangi oʻquv yilida davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasi kunduzgi taʼlim shakli uchun 20 210 ta kvota ajratildi. Shundan taʼlim tili kesimidagi taqsimot quyidagicha:
- Oʻzbek tili – 17 263 ta;
- Rus tili – 2 947 ta.
Magistraturaning kechki taʼlim shakli uchun 1 319 ta oʻrin ajratildi: oʻzbek tilida 1 107, ruschada 138, qoraqalpoq tilida 74 ta.
Magistraturaning masofaviy taʼlim shaklida 420 oʻrin: 352 tasi oʻzbek, 53 tasi rus, 15 tasi qoraqalpoq.
2025/2026 oʻquv yilida bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari uchun 45 422 ta davlat granti ajratildi. Shundan bakalavriatga qabul qilingan 35 500 talabaning oʻqish xarajatlari davlat budjetidan moliyalashtiriladi. Magistratura boʻyicha ajratilgan grantlar soni 9 922 ta.
Bundan tashqari, davlat tomonidan yana bir necha yoʻnalishda qoʻshimcha grantlar ajratiladi. Jumladan, xorijiy va nodavlat OTM uchun 1 320 ta grant, xotin-qizlar uchun 4 mingta, chet eldagi oʻzbekistonlik yoshlarga 30 ta.