So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Unga yuqori instansiya sudi ozodlik cheklash jazosini tayinladi.

7,5-yilga qamalgan “Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Joʻrayevga berilgan jazo oʻzgardi. Bu haqda Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati hukmi eʼlon qilindi. Hukm nusxasi Platina.uz ixtiyorida mavjud.
Joʻrayevdan tashqari yana 18 nafar ishga aloqador shaxsga belgilangan hukm ham koʻrib chiqilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining 2025-yil 3-fevraldagi hukmiga koʻra, “Toshshahartransxizmat” AJ sobiq rahbari Anvar Joʻrayev davlat mulkini talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi kabi moddalarda aybdor deb topilib, 7,5-yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
2025-yil 5-iyundagi Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudlov hayʼati ajrimi bilan, Anvar Joʻrayevga tayinlangan jazo oʻzgartirildi. Unga uzil-kesil oʻtash uchun 3-yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 4,5-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U jamiyat xodimlariga katta miqdorda oylik va ustama haqlarini asossiz toʻlab berib, jamiyatning sunʼiy ravishda xarajatlarini oshirib, davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan. Shuningdek, sudlanuvchilar umumiy holatda “Toshshahartransxizmat” AJning 8-avtobus saroyi filialida 2020-2022-yillar va 2023-yilning yanvar- iyun oylari davomida jami 173.737,9 km. masofalarni qoʻshib yozish orqali 738.412.555,24 soʻmlik jami 57.675,16 litr dizel yoqilgʻisini asossiz hisobdan chiqarib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganlar.
Sudlanuvchilar D.A.Z, A.A.A., A.Sh.S.lar, mexanik sudlanuvchilar N.K.X., B.R.Z.lar va jinoyat ishining bir qismi tugatilgan shaxslar bilan oʻzaro oldindan til biriktirib, bir guruh boʻlib, qiymati 274.397.134 soʻmlik 25.709 litr dizel yonilgʻisini ortiqcha hisobdan chiqarib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganlar.
Bundan tashqari, ayblanuvchi A.A.A “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari, bosh muhandis lavozimida ishlagan. Unga avval 3-yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 7-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Unga 4-yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
M.X.M “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi “Toshavtotaʼmirxizmat” UK direktori lavozimida ishlagan. Avval 5-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. M.X. M.ga 3-yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 4-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
A.A.S “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi “Toshavtotaʼmirxizmat” UK direktorining taʼminot ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Avval 5-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. A. A. S.ga oʻtash uchun 3-yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 4-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
I.B.D “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi 8-avtobus saroyi filiali direktori lavozimida ishlagan. Avval unga 3-yil 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Toshkent shahar sudi I.B.D.ga 3-yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 3-yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.
A.Sh.S “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi 8-avtobus saroyi filiali bosh muhandisi lavozimida ishlagan. Unga avval 3-yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. A.Sh.Sga 3-yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 3-yil 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Jami 17 kishiga nisbatan hukm oʻzgargan. Ikki kishiga nisbatan quyi instansiya chiqargan hukm oʻzgarishsiz qolgan.
Sud ishi Oliy Sud portalidan olindi.



