So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zomin tumanida qurilayotgan maishiy texnika zavodini koʻzdan kechirdi
“Navoiy” maxsus sanoat parkining filiali sifatida tashkil etilgan majmua 80 gektarda joylashgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zomin tumanida qurilayotgan maishiy texnika zavodini koʻzdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yoʻnalish boʻyicha yurtimizda katta salohiyat bor. Davlatimiz rahbari bu surʼatni davom ettirib, milliy brendlar ostida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, Oʻzbekistonni mintaqaviy “elektrotexnika xabi”ga aylantirish vazifasini qoʻygan. Zomindagi zavod buning bir qismi boʻladi.
“Navoiy” maxsus sanoat parkining filiali sifatida tashkil etilgan majmua 80 gektarda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar. Bu yerda kir yuvish mashinasi, sovutkich, televizor, elektr suv isitkich kabi yiliga 1 million dona maishiy texnika hamda butlovchi qismlar ishlab chiqariladi. 100 turdagi mahsulotlar natijasida mahalliylashtirish darajasi 70 foizga yetadi.
Muhimi, yillik ishlab chiqarish hajmi 320 million dollar boʻladi. Shundan 140 million dollarlik mahsulot eksportga yoʻnaltiriladi. 7 mingdan ziyod aholi ish bilan taʼminlanadi.
Sanoat parkida tayyorlangan mahsulotlar Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston singari 15 dan ortiq mamlakatga eksport qilinadi. Hozirgi oʻzgaruvchan bozor talablariga tez moslashish uchun zavodning oʻzida qolipxona ham tashkil etiladi. Zamonaviy logistika markazi orqali mahsulotlar xaridorga izchil yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, sanoat parkida “Avtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar uchun plastmassa mahsulotlari tayyorlash rejalashtirilgan.