So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
O‘zbekiston pasporti jahonda 74-o‘rinda qayd etildi
O‘zbekiston pasporti egalari 62 ta mamlakatga vizasiz kira oladi.
Henley Passport indeksi dunyoning eng kuchli pasportlari reytingini yangiladi. Unda O‘zbekiston pasporti 74-o‘rinda qayd etilgan.
Mamlakat 2024-yilda 80-o‘rindan joy olgandi. Mintaqa davlatlari ichida Qozog‘iston fuqarolarining pasporti eng kuchlisi deb topildi. Qo‘shni respublika fuqarolari 79 ta davlatga vizasiz kira oladi.
Markaziy Osiyo davlatlarining reytingdagi o‘rni quyidagicha:
Qozog‘iston – 63-o‘rin (79 ta davlatga vizasiz rejim);
Qirg‘iziston – 73-o‘rin (63 ta davlatga vizasiz rejim);
O‘zbekiston – 74-o‘rin (62 ta davlatga vizasiz rejim);
Tojikiston – 80-o‘rin (56 ta davlatga vizasiz rejim);
Turkmaniston – 85-o‘rin (49 ta davlatga vizasiz rejim).
Reytingda birinchi o‘rin Singapurga tegishli. Osiyo davlati ketma-ket ikkinchi yil pasport bo‘yicha reytingni boshqarib kelmoqda. Mamlakat o‘z fuqarolariga 193 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyatini yaratgan. Ikkinchi o‘rinda Yaponiya va Janubiy Koreya joylashgan. Ushbu davlatlar fuqarolari 190 ta mamlakatga vizasiz bora oladi. Undan keyingi pog‘onalar Yevropa mamlakatlari tomonidan band qilingan.