Qidirish

00:09 / 2024-09-19 5731 0 Maqolalar

Boysundagi konda odam oʻldi, vaziyat qanchalik xavotirli?

Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25-yilligi” konida 2 centyabr kuni texnologik jarayon buzilishi sababli oltingugurt gazi chiqishi kuzatilgan. Oradan 13 kun oʻtib, Oʻzbekiston, Rossiya va AQSH ekspertlari ishtirokida kondan chiqayotgan gaz toʻxtatilgan. Ammo shundan keyin ham oltingugurt chiqishi natijasida 4 kishi halok boʻlgan, jabrlanganlar bor.

Bu maʼlumotni prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov tasdiqladi. Asadovning maʼlum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevga real vaqt rejimida vaziyat haqida maʼlumot berilmoqda.

OʻZI NIMA BOʻLGAN EDI?

2-sentyabr kuni tumanning “Koʻlqamish” MFY hududida joylashgan konda texnologik jarayonning buzilishi sababli oltingugurt gazi suzib chiqqan va natijada aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, texnogen fojia oqibatida fuqarolar jarohatlanmagan, oʻlim holati kuzatilmagan. Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga Oʻzbekiston, shuningdek, Rossiya va AQSH ekspertlar jalb qilingan.

Ushbu jarayonda barcha tegishli vazirlik va tashkilotlar jalb etilgan holda, tezkor shtab tashkil qilingani texnogen ofat asoratlarini bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilgan va 15-sentyabr kuni soat 16:50 da sizib chiqishi toʻxtatilgan.

17-sentyabr kuni ushbu gaz konida yana sodir boʻlgan yangi avariya oqibatida toʻrt nafar kishi halok boʻlgan. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning taʼkidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoyevga hodisa sodir boʻlishi bilanoq darhol xabar berilgan.

Bugun AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Bosh prokuratura Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi Oʻktam Oʻtayev vafot etganlar haqida xabar berarkan, ularning soni 2 nafarni tashkil etishini aytgan edi. Ammo bu koʻrsatkich kechga borib yana ikki nafarga koʻpaydi. Bu esa Boysundagi vaziyat juda ham jiddiy va xavotirli ekanligidan darak bermoqda.

Halok boʻlganlarning shaxsiga aniqlik kiritilganida ularning 2 nafari Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanidan yana 2 nafari esa Boysunning oʻziidan ekanligi maʼlum boʻldi. Marhumlarning dafn marosimi 18-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan.

Tarmoqlarda avariya oqibatida vafot etgan fuqarolarning oila aʼzolariga kompensatsiya toʻlab berilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Shu oʻrinda savol tugʻiladi? Texnogen oqibatida vafot etgan insonlarning oila aʼzolariga qancha miqdorida konpensatsiya toʻlab beriladi? Ushbu savol ochiqligicha qolmoqda... Maʼlum bir miqdordagi moddiy taʼminot aniq emas. Hukumat buni ochiqlashga qanchalik tayyor?

Shuningdek, yangi portlash oqibatida bir necha kishi jabrlangan, ularning qancha ekanligi toʻgʻrisida hozircha rasmiy maʼlumot yoʻq.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytish mumkinku oltingugurt (vodorod sulfid) gazi bevosita asab tizimiga taʼsir qiluvchi zaharli gaz hisoblanadi. U hid bilish nervini falaj qilish xususiyatiga ham egadir.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Jusipbek Kazbekovning maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida tabiatga yetkazilgan zararlar hisob kitob qilinadi. Uning taʼkidlashicha, hisob-kitoblar oxiriga yetgach, oʻrnatilgan tartibda ochiqlanadi.
Bundan tashqari, vazir oʻrinbosari hozirda kondan vodorod sulfidi meʼyordan ortiq chiqishi kuzatilmaganini, u yerda texnik ishlab chiqarish bilan bogʻliq hodisa boʻlganini aytar ekan, kechagi meʼyordan ortiq boʻlgani kuzatilmadi, biz 7 xil har xil gazlarni oʻlchayapmiz, unday normativdan oshish holatlari kuzatilmagan dedi Kazbekov.

Bugun, 18-sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor Abdulla Qoʻldoshev va Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov ishtirokida “Mustaqillikning 25-yilligi” konida sodir boʻlgan texnogen hodisa yuzasidan brifing oʻtkazilgan.

Brifingda quyidagilar maʼlum boʻldi:

Boysundagi M-25 konidan gaz sizib chiqish holatiga doir ochiqlangan rasmiy maʼlumotlar:

- 15-sentyabrda vodorod sulfid gazining sizib chiqishi toʻxtatildi va quduq berkitildi;

- 17-sentyabr kuni soat 16:00 da 604-sonli quduqda yuqori bosimli vodorod sulfid gazining sizib chiqishi qayd etildi;

- voqea joyida boʻlgan 4 nafar mutaxassis halok boʻldi, 11 kishi tan jarohati oldi va kasalxonaga yotqizildi – ulardan 9 nafari allaqachon uyiga joʻnatilgan, yana 2 nafari yaqin kunlarda chiqariladi;

- kon 1975-yilda ochilgan boʻlib, ogʻir kon-geologik sharoit tufayli oʻzlashtirilishi eng qiyin konlardan biri hisoblanadi. Murakkab geologik tuzilish koʻp sonli strukturaviy buzilishlarning mavjudligi, filtratsiya-sigʻim xususiyatlarining katta xilma-xilligi bilan bogʻliq.

- kondagi ishlar mamlakatda gaz qazib olishning kamayishi va aholi oʻrtasida isteʼmolning koʻpayishi munosabati bilan qayta tiklandi, chunki M-25 hozirda Oʻzbekistondagi eng yirik oʻzlashtirilmagan gaz koni boʻlib qolmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish