Qidirish

12:55 / 2024-09-11 1605 15 Maqolalar

Qaramga karam qilmayotgan kattakonlar kirdikorlari!

“Ipak yoʻli” banki qanday yoʻlni tanlamoqda; ipakday mayin toʻgʻrilik yoʻlinimi yoki qingʻir-qiyshiq dilozorlik yoʻlini?!

world-news

Oʻzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun davlat darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Prezident tomonidan har bir tadbirkor “Shaxsan mening himoyam ostida, tadbirkor faoliyatiga toʻsqinlik qilgan menga qarshi chiqqanday gap”, - deb aytayotgan bir paytda barchaning koʻz oʻngida yillar davomida gurillab ishlab kelgan tadbirkorlik subyekti bankning va bankdagi kimlarningdir manfaati yoʻlida tanazzul yoqasiga kelib qolgani aytilmoqda.

“SMART SAID” MCHJ Qashqadaryo viloyatida bir necha yillardan buyon omadli faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlaridan biri edi. Ha, edi. AITB “Ipak yoʻli” bankining Qarshi filialida sinalgan va baquvvat mijozlaridan sanalgan “SMART SAID” MCHJ bugunga kelib muammolar ichida va tadbirkorni bu muammo girdobiga tortgan tadbirkorning aytishicha aynan “Ipak yoʻli” bankining Qarshi filiali rahbarlaridir.

Tadbirkorning bizga taqdim etgan maʼlumotlariga koʻra, “Ipak yoʻli” bankining Qashqadaryo viloyati filiali rahbari I.Zaripov va bankning masʼul xodimlari oʻz mansab vakolatidan va jamiyatning kredit mablagʻlari boʻyicha qaramligidan foydalangan holda tadbirkorga muntazam bosim ostida turli taʼsirlar oʻtkazib kelgan.

Negaki jamiyat hisob-raqami ushbu bankda ustiga-ustak kattagina kredit qarzi bor. Shuning uchun bank masʼullari tadbirkorni har koʻyga solishadi. Chunonchi, hisob raqamlardagi mablagʻlarni chiqishini har-xil bahonalar bilan cheklash, bloklash haqidagi tahdidlar bilan, aslida umuman mavjud boʻlmagan, borlariga esa asossiz va oʻta oshirilgan narxlarda majburiy bank xizmatlariga toʻlovlar qildiradi.

Shuningdek, bank mijozi “SMART SAID” avval boshda oddiy taʼriflarda ishlab kelib keyinroq bank masʼullarining tayziqi ostida “Ipak yoʻli premium” taʼrifiga majburiy oʻtkaziladi. “Aslida bazaviy hisoblash miqdori (BHM) bir baravar miqdori boʻlgan ushbu taʼrifga masʼullar tomonida ichki oʻzgartirishlar kiritilib qimmat narxlardagi taʼriflarga aʼzo qildirib jamiyatimizning juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini hisob raqamimizdan asossiz yechib olgan”, - deydi jamiyat direktori Dilmurod Saidov.

Saidovning iddao qilishicha, ushbu ortiqcha va asossiz yechib olingan pullarni bank mansabdorlari oʻzlariga turli tusdagi mukofotlar koʻrinishida oʻzlashtirishgan.

BANKMI BU REYDERLIK TASHKILOTIMI?

Darhaqiqat, quyidagi maʼlumotlar sizda oʻz-oʻzidan shunday savollar tugʻilishiga sabab boʻladi. Birgina mijoz “SMART SAID” yillar davomida bank oʻzidan ortiqcha va asossiz ikki milliard soʻmdan ziyod mablagʻni ushlab qolganini daʼvo qilmoqda. Yaʼni, “SMART SAID” MCHJ hisobidan 2020-yilning dekabr oyida bir oylik “Ipak yoʻli premium” taʼrifi uchun aslida BHMning bir baravari 223000 soʻm ushlab qolinishi lozim boʻlgan holda bank tomonidan BHMning 138 baravari 30 805 000 soʻm ushlab qolingan.

2021-yilda bir yillik “Ipak yoʻli premium” taʼrifi uchun aslida BHMning 12 baravari 3 018 000 soʻm ushlanishi oʻrniga bank tomonidan BHMning 1732 baravari 442 957 300 soʻm ushlab qolingan.

2022-yilda bir yillik “Ipak yoʻli premium” taʼrifi uchun aslida jami BHMning 12 baravari 3 850 000 soʻm ushlab qolishi kerak boʻlsada bank tomonidan BHMning 3 268 baravari 932 362 307 soʻm ushlab qolingan.

2023-yilda bir yillik “ Ipak yoʻli premium” taʼrifi uchun aslida jami BHMning 12 baravari 3 850 000 soʻm oʻrniga bank tomonidan BHMning 1678 baravari 533 023 400 soʻm ushlangan.

2024-yilning uch oylik “Ipak yoʻli premium” taʼrifi aslida jami BHMning 3 baravari 1 020 000 soʻm ushlab qolinishi kerak boʻlsada bank tomonidan BHMning 339 baravari miqdorida 115 324 960 soʻm ushlab qolingan.

Tadbirkorning aytishicha bank jamiyat hisobidan oʻtgan besh yil davomida yaʼni 2020, 2021, 2022, 2023 va 2024-yilning shu davriga qadar 2 042 920 647 soʻm ortiqcha mablagʻ undirishga erishgan.

Aslida bank shartnoma shartlariga koʻra, milliardlab foyda keltiruvchi ushbu “Ipak yoʻli premium” taʼrifiga kiritilgan oʻzgarishlarni yaʼni “tilla tuxum” tugʻib beruvchi oʻta qimmat taʼriflarga kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻzining korporativ saytida barcha uchun ochiq maʼlumot sifatida shaffof eʼlon qilib borishi kerak boʻlgan. Ammo negadir amalda bank rahbariyati shaffoflikni taminlamagan.

Bundan tashqari bank tomonidan bankdan qarzdor boʻlgan fuqarolar Roziqova Orzigul Murodaliyevna hamda Nomozov Zokir Musurmonovichlarning 61 499 637 soʻmlik va Suyarov Suhrob Toʻrayevich hamda “Inter Seving Grup” MCHJning 65 675 000 soʻm kredit qarzdorligi boʻyicha jami 127 174 637 soʻm jamiyat hisobidan oʻzlaridan soʻrab yechib olingani qaysi meʼyorlarga toʻgʻri keladi.

Bank xizmatlari koʻrsatishning umumiy shartlaridagi oʻzgarishlar ular kuchga kirishidan kamida oʻn kun oldin bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi kerak, shuningdek foiz stavkalarining va valyutalarni ayirboshlashda kursning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot ular oʻzgargan kuni eʼlon qilinishi belgilab qoʻyilgan. Biroq tadbirkorga “Ipak yoʻli” banki tomonidan “Ipak yoʻli premium” taʼrifiga kiritilgan oʻzgartirishlar bank veb-saytida nafaqat eʼlon qilinmagan balki hoxlagan paytda, istalgan foiz qiymatini belgilab jamiyatga taqdim etilavergan.

Oʻzi xon koʻlankasi maydon bank rahbariyati tili qisiq mijozning “Nima sababdan bizga oʻta qimmat taʼriflarni joriy qilmoqdasiz har oyda qaysi asoslarga koʻra oʻzgartirilib majburiy tadbiq etayotgan taʼriflaringizni nechogʻli qonuniy ekanligini asoslab bering” – degan eʼtirozlariga bank tomonidan qachon joʻyali javob berilmaydi? Balki bu savollarga Oʻzbekistondagi banklarning hisobdori Markaziy bank qolaversa AITB “Ipak yoʻli banki”ning bosh ofisidagilar har tomonlama oʻrgangan holda xolisona javob taqdim etishar.

Bu kabi holatlar bank xizmatlari koʻrsatishda isteʼmolchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini qoʻpol ravishda buzadigan qonunbuzarliklar sirasiga kirishini isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilinishini nazarda tutuvchi qonunning 54-moddasi birinchi bandi ikkinchi qismida qaʼtiy belgilab qoʻyilgan.

Eng achinarlisi bunday salbiy holatlar bankning boshqa mijozlari bilan ham sodir boʻlib kelganligidadir. Jumladan ushbu tadbirkorlik suyekti vakillari ham “Grand Distr” “Xyuper Treyd”, “Standarn kapital Dizayn” MCHJlari, “Global bazis” xususiy korxonalasi va YATT Quldashov Mirshod Sidiqovich kabilar bankning oʻta qimmat taʼriflari bilan “siylangan”. Bankning bunday “marhamati”dan bahramand boʻlganlarning roʻyxati anchayin uzun ekanligi esa bank boshqaruvchisining “Innovatsiya”simi yoki uddaburonligidanmi?.

OʻYNASHMAGIN BANKIR BILAN.....

Barchasiga chidashimiz mumkin edi, lekin bank rahbari Ikrom Zaripovning hamkorlarimiz oʻrtasida biz toʻgʻrimizda notoʻgʻri va noxolis maʼlumotlarni tarqatib firmamiz obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatgani bilan hech chiqishib boʻlmaydi. Zaripovning astoydil qilgan “harakatlar”i “besamar” ketmadi. Kimsan Bank rahbari bu firmaning ahvoli ogʻir deb tursa rostdan ham har qanday hamkor sen bilan hamkorlikni oʻylab koʻradi.

Tadbirkor esa yuqoridagilardan kelib chiqib bank olib borayotgan gʻirrom siyosatini yuqori turuvchi idoralar jumladan, Markaziy bank, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Bosh Prokuraturadan mazkur holat boʻyicha tekshirish ishlarini olib borishini soʻrab qoladi.

Xullas, Ikrom Zaripovning talablariga koʻnmagan tadbirkorning ishi anchayin ortga surildi. Barchasidan toʻyib ketgan tadbirkor endi andishani ortga yigʻishtirganini-yu kurashga otlanganini aytmoqda. Biz esa bu muhorabada adolatsizlikka uchragan gʻalaba qozonishini istaymiz. Voqealar rivojini effect.uz kuzatib boradi.

Eslatib oʻtamiz, AITB “ Ipak yoʻli bank” Oʻzbekistondagi oʻz oʻrniga ega nufuzli banklardan ekanligini eʼtirof etgan holda effect.uz bankning bosh ofisi va nomi maqolada zikr etilgan AITB “Ipak yoʻli banki”ning qarshi filiali rahbariyatiga xususan filial boshqaruvchisi Irkom Zaripovga hech qanday xusumatimiz yoʻqligini eʼlon qilib kelgusida aytar soʻzlari boʻlsa ularga ham minbar berishimiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

Shu oʻrinda aytib oʻtish lozimki, tadbirkor mazkur ish yuzasidan bank bilan oʻrtadagi koʻplab hujjatlarni effect.uzʻga taqdim qilgan.

Izohlar 15

Malik usmonov
2024-Sep-11 15:52
Bankni boshqa ishi qolmabdi, shu ipak yuli bankdan barcha mijozlar birma bir chiqib ketish kerak, qani kiyin bank kimlarga xizmat kursatar ekan,
Islom tangirov
2024-Sep-11 15:56
Bu bankdan tadbirkorlar birgalikda chelenj qilib chiqib ketish kerak tadbirkorlardi xaqiga xiyonat qilsa qanday ishlab boladi bu bank bilan
бохо алиев
2024-Sep-11 16:00
тавба банк шундай хиёнат килса унака банкларни фаолиятини тугатиш керак, марказий банк назорат килмайдими
Abos Abos
2024-Sep-11 16:21
Endi ipak yoli bankdan voz kechamizmi bankni axvoli bu bolsa
сухроб 101
2024-Sep-11 16:27
узи карши ипак йули банк рахбари ойоги ердан узилган рахбарлардан муомаласи умуман йук
бехруз мингкобилов
2024-Sep-11 16:30
банкни ахволи бу буса тегишли ташкилотлар назорат киладиган марказий банк каерга караяпти пракратура каерга караяпти хаммасини тили бир
Sherzod Tursunov
2024-Sep-11 18:18
Охирги пайтларда бошка банкларда ривожланиш яхши булгани учун утган аср тизимида юрибди шекилли, Хамма жойда хам катта карвон недан юрса кичиги хам шундан юради, Менежментга куп нарса боглик, бошлигини уриб кетгандан кейин тизимида нима хам буларди.
Александра
2024-Sep-11 18:28
Да, последнее время что та не так с Банком Ипак йули. Недавна Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей оштрафовал банк «Ипак йули» за нарушение требований статей 16 и 43 закона «О рекламе» и статьи 6 закона «О защите прав потребителей».
Ravshan soliyev
2024-Sep-12 13:43
Tadbirkorlar qiynalmoqda banklar tomonidan imtiyozlar yuq ayniqsa ipak yoʻli bankida
Asli jumaev
2024-Sep-12 17:06
Bu bankdan chiqish kerak nima kerak bunaqa bank bizga
Асад Шералиев
2024-Sep-12 20:45
Ипак йулида очилгандан бери мижозман тоза ишласа банк хеч кимга емонлик килмаган вактида кредитини тулаб куйса кимга керак бош огрик банкда жуда яхши ходимлар ишлайди бошликни танимайман кредит олиб вактида тулайман проблема бугани йук шу пайтгача
Асад Шералиев
2024-Sep-12 21:07
Ипак йули банк билан очилгандан бери ишлайман ходимлари яхши бошлигига Ишим тушмаган кредит олиб туламаса шунда банк Билан проблема булиши мумкин кейин пул кеслса куринадики сураш керак чаласавод одамам купда сурамайдими нима куп пул олдинг деб
Sanjar
2024-Sep-13 23:31
Xalixam bu massalada yangilik bolmadi
Один инсон
2024-Sep-14 18:29
Бу Зарипов Икром Сирдарёда банкда ишлаган вактида анча иш курсатган. Бу жуда ёлгончи порохур луттивоз одам. Бу нусхаларни оммага олиб чикиб шарманда килиш керак.
Xhdoyev Hamro.
2024-Sep-15 23:41
Shuning uchun ham bizda chet ellardagidek uzoq ishlaydigan firma va kompaniyalar yo‘q.
Fikr bildirish