So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Tergovchining shaxsiy adovati hokim yordamchisini qamoqqa yetaklamoqda...
Xorazm viloyati Shovot tumani Qoʻshkoʻpir mahallasidagi hokim yordamchisi Jaloliddin Qurbonov Prezidentga murojaat yoʻlladi. Qurbonovning aytishicha, Shovot IIBdagi Qudrat ismli tergovchi tomonidan bosim oʻtkazilib, qamash bilan qoʻrqitilgan.
IIB tergovchisi Qurbonovni imtiyozli kreditni oʻz manfaati yoʻlida ishlatganlikda ayblagan, agar pullarni qaytarmasa, uni qamashini aytgan. Qurbonovning aytishicha, tergovchining unga nisbatan shaxsiy adovati bor va aynan hozir imkoniyatdan foydalanish vaqti.
Maʼlumki, hokim yordamchilarining fuqarolarga kredit berishda tavsiyasi kerak boʻladi, ammo bu bilan kredit tasdiqlandi degani emas, jarayonni bank ham monitoring qilishi kerak.
Toʻgʻri, hokim yordamchilarining nayranglari haqida koʻp eshitamiz, ammo Respublikadagi 10 mingga yaqin yordamchilarning hammasi ham firibgar, oʻgʻri boʻlib chiqmayapti.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev hokim yordamchilari orasida hokimlikka daʼvogarlar borligini taʼkidlar ekan, ularni turli majlislar va ortiqcha yuklamalar bilan qiynaganlarga siyosiy baho berishi haqida masʼullarni ogohlantirgan.
Biroq shunga qaramay, hududlarda hokim yordamchilariga boʻlayotgan munosabat oʻzgarmagandek goʻyo, chunki bir tumanning oʻzida ikki hokim yordamchisi bilan bu kabi nohaqlik sodir boʻlmoqda. Amalda boʻlib turgan hokim yordamchilarining bu haqida gapiradigan tillari afsuski boylangan, gapirsa, ishdan haydaladi yoki turli bosimlarga uchraydi.
Xullas, yordamchilarning vakolatlari, qoʻllari bilan koʻp ishlar amalga oshirilsada, baribir natijada hokim yordamchilari hokimning qoʻpol qilib aytganda “yugurdaklari” hisoblanadi.
Vaziyat jiddiylashmasdan avval, tegishli tashkilotlar bu borada zaruriy va qatʼiy choralarni koʻrishi kerak. Prezidentning mahalladagi vakillariga nisbatan munosabat oʻzgarishi darkor.




Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir

