So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Ichkarida nido, tashqarida faryod: Na oʻligi, na tirigi...
Buxorolik Avaz Qilichev “Tabiat neʼmati” MCHJning norasmiy rahbari sifatida jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining 17-apreldagi ajrimi bilan qamoqqa olingan.
Maʼlum boʻlishicha, sud Qilichevning qamoqqa olinishida Bosh prokuror oʻrinbosarining iltimosnomasini qanoatlantirgan. Ayblov xulosada aytilishicha, Avaz Qilichev “Kogon yogʻ-ekstraksiya zavodi” aksionerlik jamiyati direktori Ilhom Navroʻzov bilan oldi-berdi kelishmovchiligidan soʻng shaxsiy adovat va gʻarazgoʻylik maqsadida mavjud qarzdorlikni toʻlab bermaslik yoʻllarini izlab, AJ mansabdorlariga qarshi Buxoro viloyat IIBga ariza yozgan.
Mazkur ariza ortidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida “Kogon yogʻ - ekstraksiya zavodi”ning 8 nafar mansabdor shaxslari va 2 nafar tadbirkorga ayblov eʼlon qilinib, ularning 7 nafari qamoqqa olingan.
Keyinchalik aniqlanishicha, Avaz Qilichev va “Tabiat neʼmati” MCHJ direktori Yorqin Sulaymonov tomonidan yozilgan arizalardagi aksariyat holatlar tasdigʻini topmagan. Buning oqibatida, Qilichev Jinoyat kodeksining 237-moddasi 2-qismi “g” bandida koʻrsatilgan gʻarazgoʻylik niyatlarida yolgʻon xabar berish jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib, 15-aprel kuni ushlangan.
Ayni kunda DXX tergov hibsxonasida saqlanayotgan Qilichevning sogʻligida jiddiy muammolar borligi aytiladi. Mahkumning yaqinlari va advokati sudga oid tibbiy ekspertiza natijalariga koʻra, u qamoq sharoitida saqlanmasligi kerakligini takror-takror aytishmoqda.
A.Qilichevning salomatligiga oid oʻtkazilgan ekspertiza unda aniqlangan kasalliklar bilan ixtisoslashtirilgan klinikalarda statsionar va ambulator sharoitlardan davolanishga muhtojlik borligini koʻrsatadi.
Qilichev bilan bogʻliq ish ayni kunlarda Mirzo Ulugʻbek tuman sudida koʻrib chiqilmoqda, ayblanuvchi sudga qoʻltiq-tayoqda olib kelinyapti. Advokat Amonovga koʻra, falaj holatga yaqinlashayotgan Avaz Qilichevning ahvoli tergov hibsxonasida yanada ogʻirlashmoqda. Ayblanuvchining 4 nafar farzandi bor, ota-onasi, turmush oʻrtogʻining dod-faryodlari falakni buzmoqda.