So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Chorvoqda nima gap? Yer maydonlari va Humson sanatoriysi sotuvga qoʻyildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Chorvoq” turistik rekreatsion zonasi hududida joylashgan davlat aktivlari, yer uchastkalari hamda xususiylashirilgan obyektlarga press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida “Chorvoq” turistik rekreatsion zonasi hududida joylashgan “Ugam” turistik majmuasi, “Humson” dam olish maskani, “Chorvoq oromgohi” “Piramidalar”) dam olish maskani hamda Chorvoq TRZ hududida joylashgan 45 ta yer uchastkalariga tashrif buyurildi.
“Ugam” turistik majmuasi
“Ugam” turistik majmuasi Oʻzbekistondagi unikal loyiha boʻlib, bu yerda 18 ta blokda koʻp qavatli binolar barpo etilmoqda. 830 ta bir, ikki va uch xonali apartamentlar, 100 oʻrinli bolalar bogʻchasi, 400 oʻrinli restoran, 100 oʻrinli fitnes va spa majmuasi, 500 ta avtomobilga moʻljallangan avtoturargoh va boshqa qulayliklarga ega turistik majmua barpo etilmoqda.
Apartamentlar qurish jarayonida boʻlgani bois e-auksion.uz platformasi orqali investitsion shartnoma tuzish huquqi sotuvga qoʻyiladi. Majmuadan muddatli toʻlov evaziga apartamentlarni xarid qilib, xaridor oʻzi dam olishi yoki uni ijaraga bergan holda foyda olishi mumkin.
Turistik majmuada apartamentlar tayyor taʼmirlangan holda sotiladi. Apartamentlarni boshqaruv kompaniyasi orqali ijaraga berish imkoniyati mavjud.
Majmuaga elektr toki yangi qurilayotgan GES orqali taʼminlanadi va isitish tizimi avtonom shaklda suyultirilgan gaz tizimida ishlaydi.
“Xumson” dam olish oromgohi
“Xumson” dam olish oromgohi cershovqin Ugom daryosining boʻyida, Toshkent viloyatining goʻzal togʻli hududida joylashgan boʻlib, koʻp sonli oʻzbekistonliklar orasida allaqachon mashhur boʻlib boʻlgan.
1972-yilda ochilgan va 16 gektar togʻli yerni egallagan “Xumson” sanatoriyda 211 birinchi toifali mutaxassislar ishlaydi. Oʻrtacha yiliga 5000 tagacha odam sanatoriyada dam oladi va tiklanadi. Ushbu oromgoh Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ommaviy savdoga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda.
“Chorvoq oromgohi” (“Piramidalar”) dam olish maskani
“Chorvoq oromgohi” (“Piramidalar”) dam olish maskani savdolari Davaktiv agentligining 2021-yil 7-oktyabrdagi ommaviy savdo toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq tashkil etilgan.
“Vip Logistics” MCHJ QK tomonidan 208,0 mlrd soʻm xarid toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida taqdim etilgan takliflar eng yaxshi taklif sifatida eʼtirof etilib, savdo gʻolibi deb topildi.
“Chorvoq” suv ombori yaqinida joylashgan 45 ta yer uchastkalari ijara huquqi asosida “E-auksion” elektron savdo platformasiga savdoga chiqarilgan boʻlib, yer uchastkalari 20 sotixdan 6,7 gektargacha boʻlgan lotlardan iborat. Yer uchastkalarini sotib olgan xaridor toʻlovlarni 24 oy muddatda boʻlib toʻlash imkoniyatiga ega boʻladi.
Bundan tashqari, bu yer uchastkalarida mehmonxonalar, mehmon uylari, sport-sogʻlomlashtirish inshootlari, xizmat koʻrsatish va savdo majmualarini qurishga ruxsat etiladi.




Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir

