So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jizzax viloyati hokimi sobiq oʻrinbosari sotib olgan uyni tortib olish harakatida, sud va prokuraturaga taʼsir oʻtkazayotgani aytilmoqda
Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev oʻzining sobiq oʻrinbosari Nodirbek Rajabov sotib olib, soʻngra boshqaga sotgan uydan uy egalarini chiqarish va egalikni bekor qildirish boʻyicha quyi hokimiyatga topshiriq bergan.
Oʻz oʻrnida Jizzax shahar hokimi topshiriq boʻyicha sudga daʼvo ariza kiritgan. Sudlar esa hokim nimaiki soʻrasa, shuni qanoatlantirib beravergan.
Qizigʻi shundaki, qurilgani noqonuniy deb hisoblayotgan hokim suddan hujjatlarni bekor qilib, uy egalarini chiqarib yuborishni soʻrayapti xolos, lekin buzdirishni soʻramayapti. Agar uy noqonuniy boʻlsa unda nega buzdirish soʻralmayapti?
Uy atrofida boʻlayotgan ishlar xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston tarixidagi qiziq keyslardan biridir. Buning misolida prokuratura va sudlarga hokimlarning taʼsirini ham koʻrish mumkin.
Rasul Kusherbayev barcha faol yuristlar va jamoatchilikni jarayonlarni ochiq sudda kuzatishlarini tavsiya qilmoqda.