So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Mamlakat kelajagi uchun kuchli partiyalar va parlament kerak!
Saylovning mamlakat hayotidagi alohida oʻrnini eʼtiborga olib, ushbu jarayonda fuqarolarni keng jalb etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 27-oktyabrdagi saylov «Mening tanlovim – obod Vatanim» shiori ostida oʻtkazilishi eʼlon qilindi.
Qayd etish joizki bu galgi boʻlib oʻtadigan saylovlar mutlaqo yangi konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda boʻlib oʻtadi. Zero, Yangilangan Konstitutsiyaga asosan Yangi saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengaytirilgan vakolatlar asosida ish boshlaydi.
Davlat byudjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish, Prezidentning taqdimiga binoan Bosh vazir nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash, Bosh vazir, Hukumat aʼzolarining hisobotlarini hamda Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini eshitish masalalari yangi Konstitutsiyaga muvofiq Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari etib belgilandi.
Yangilangan Konstitutsiyaga asosan Oliy Majlisning korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshirish va moliyaviy-byudjet intizomi ustidan nazorat qilishdagi roli kuchaytirildi.
Bundan tashqari mahalliy boshqaruv tizimi keskin oʻzgarib bormoqda. Yangilangan Konstitutsiyaga asosan hokimlarning mahalliy kengashga rahbarlik qilish amaliyoti bekor qilindi. Xususan, mazkur tartib viloyatlar va Toshkent shahrida 2024-yil mahalliy kengashlarga saylov yakunlari boʻyicha, tuman va shaharlarda esa 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Bu islohotning joriy etilishi hokimiyat vakolatlarini boʻlinish prinsipini mahalliy darajada tatbiq etishga, mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligini, hokimlarning xalq vakillari oldidagi masʼuliyatini oshirishga olib keladi. Hududlarda xalq manfaatlarini toʻliq taʼminlashga, hokimliklar faoliyati ustidan kengashlar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Vaholanki, globallashgan dunyoda jamiyatni boshqarish, aholi ishonchini qozonish juda murakkab siyosiy va huquqiy masalaga aylanib bormoqda. Bunday sharoitda Parlament jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan, davlat va millatning tafakkur markaziga aylanishi kerak. Zero, Parlament yuqori legitimlikka ega boʻlmaguncha, siyosiy partiyalarning saylovchilar oldida masʼuliyati oshmagunicha, aholining jamiyatga boʻlgan ishonchi parlamentni chetlab oʻtadi. Bunday tendensiya esa davlatni zaiflashtiradi.
Parlament gʻoyalar, manfaatlar, mafkura va qarashlar toʻqnashadigan siyosiy maydon hisoblanadi. Aynan parlament mafkuralar toʻqnashadigan va ularning jamiyat ravnaqi uchun zarurini tanlab olishga qodir maydon boʻlishi lozim. Buning uchun esa, Parlament erkin va adolatli hamda albatta faol boʻlishi darkor.
Holbuki, 2023-yilda oʻtkazilgan konstitutsiyaviy islohotlarni ifodalovchi normalarini hayotga tatbiq etish uchun ham mamlakatga kuchli va qobiliyatli parlament kerak.
Oʻylaymizki, mamlakatimiz saylov tizimiga joriy qilingan yangilangan saylov tizimi hamda mahalliy kengashlarning davlat hokimiyati tizimidagi oʻrni va vakolatlari kuchaytirilishi xalq ishonchini qozonishga qodir boʻlgan kuchli parlamentni shakllantirishga hamda kuchli siyosiy partiyalarning siyosiy maydonga chiqishlariga siyosiy-huquqiy jihatdan sharoit yaratadi.