So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Prezident qarori 3 yildan buyon oʻz vaqtida bajarilmayapti!
“Sportchi va sanʼatkorlarga ajratilayotgan milliardlab mablagʻlar, qimmatbaho sovgʻalar oʻz vaqtida beriladi, taʼlimga kelganda esa har doim…”
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrda, “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan har yili Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi oʻtkazilib kelinmoqda. Tanlov 3 bosqichda oʻtkazilib, gʻoliblar quyida keltirilgan miqdorlarda Prezident sovrini bilan mukofotlanishi belgilangan:
Tuman (shahar) bosqichida:
1-oʻrin — 100 million soʻm;
2-oʻrin — 75 million soʻm;
3-oʻrin — 50 million soʻm.
Viloyat bosqichida:
1-oʻrin — 250 million soʻm;
2-oʻrin — 200 million soʻm;
3-oʻrin — 150 million soʻm.
Respublika bosqichida:
1-oʻrin — 500 million soʻm;
2-oʻrin — 400 million soʻm;
3-oʻrin — 300 million soʻm.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bobi (Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish) 2-§ (Tanlovni tashkil etish) 16-bandiga binoan “Tanlovning birinchi bosqichi (tuman bosqichi) har yili fevral oyida tumandagi maktablar oʻrtasida” oʻtkazilishi belgilangan boʻlsa, 22-bandiga binoan esa “Tanlovning ikkinchi bosqichi (viloyat bosqichi) har yili aprel oyida tuman bosqichida gʻolib boʻlgan maktablar oʻrtasida, Agentlik hamda Vazirlik tomonidan tayyorlanadigan maxsus sinov materiallari asosida oʻtkazilishi belgilangan va shu asosda ushbu tanlov 3 yildan buyon oʻtkazilib kelinmoqda.
Ushbu nizomning 5-bob (Tanlov gʻoliblariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini berish) 36-bandida keltirilishicha: “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini sifatida berilgan pul mukofotlari tanlovning belgilangan bosqichi yakunlangandan soʻng 5 ish kuni ichida gʻolib maktabning byudjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisob varagʻiga oʻtkazib beriladi” deb belgilab qoʻyilgan. Mazkur nizomda tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tantanali ravishda tashkil etilishi belgilangan.
Ammo, nizomda aytilganidek “pul mukofotlari tanlovning belgilangan bosqichi yakunlangandan soʻng 5 ish kuni ichida” emas, tuman (shahar) hokimliklari byudjetidan ajratilishi kerak boʻlgan ushbu mablagʻlar 4-5 oylab (ayrim hududlarda esa undanda koʻp muddatlarga) kechiktiriladi. Hatto 2023-2024 oʻquv yilidagi Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining aprel oyidagi viloyat bosqichi oʻtkazilgan boʻlsada, fevral oyida boʻlib oʻtgan tuman (shahar) maktablari oʻrtasidagi 2-bosqich gʻoliblariga belgilangan pul mukofotlari 2 oydan koʻp vaqt oʻtgan boʻlsada gʻolib deb topilgan maktablarga hozirgacha topshirilgan emas!
Achinarli tomoni, sportchi va sanʼatkorlarga berilayotgan milliardlab pul mukofotlar, qimmatbaho mashinalar yoki 2-3 xonali uylar ajratilsa doimo oʻz vaqtida beriladi! Biroq, taʼlimga kelganda esa oylab kechiktiriladi. Xalqimiz ularga davlat tomonidan katta miqdorda berilayotgan pul va sovgʻalar ajratilgan axborotlarni eshitganda bunga nisbatan doimo norozilik kayfiyatini bildirib kelmoqda, lekin pul mukofotlari yoki qimmatbaho sovgʻalar taʼlim va ilm-fanda yuqori natijalarga erishayotgan oʻquvchi-yoshlarga berilsa xalqimiz, keng jamoatchilik faollari doimo 100% qoʻllab kelmoqda.
Eng asosiysi xalqimizning davlat rahbari va hukumatning Taʼlim va Ilm-fanga nisbatan munosabatini ijobiy qabul qilib, buni targʻibot harakati sifatida baholaydi! Shuningdek, ota-onalar va oʻquvchilarning taʼlim va ilmga umummilliy harakat sifatida munosabati oʻzgarib, oʻquvchilar oʻrtasida erkin raqobat muhiti yaratiladi!
Unutmaylik, bizni TAʼLIM va ILM-FAN islohotlari rivojlantiradi, otarchi-sportchilar emas! Yangilanayotgan OʻZBEKISTONning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ravnaqiga, xalq farovonligiga taʼlim islohoti bilangina erisha olamiz! Shunday ekan, uygʻonaylik, uygʻotaylik, taʼlim islohotlarini umummilliy harakatga aylantiraylik! Zero, barcha muammolarimizning ildizi taʼlimga borib taqaladi! Barcha muammolarimizning yechimi faqat va faqat TAʼLIMda!
Zavqibek Mahmudov. Tarix instituti kichik ilmiy xodimi