So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Jinoiy guruhdan aziyat chekib, oʻz uyida oʻgʻrilardek pisib yashayotgan oila hasrati… Tergov va sud nega ishga eʼtiborsizlik bilan yondoshdi?
Sizga yashash uchun uy kerak, biroq tanlovda qiyin boʻlyapti. Sababi biri yoqsa, boshqasining narxi yoqmayapti, qimmat, yana birining narxi yoqsa, koʻrinishi yoqmayapti.
Xullas, sarsonchilikni boshdan oʻtkazasiz, sarson boʻlmay, vaqtim ketmasin desangiz pul sarflab boʻlsa-da «makler»ga murojaat qilasiz.
Bunda maklerning yoqimli takliflariga chalgʻishingiz ham mumkin, oxir-oqibat uylarning birini tanlaysiz, va sotib olasiz. Uyni rasmiylashtirishdagi barcha ishlar amalga oshirildi, notarius, kadastr, yangi dargohda yashashni boshladingiz.
Hammasi yaxshidek goʻyo, ammo oradan 5-yil oʻtgach, eshigingiz taqillab, Majburiy ijro byurosidan xodimlar kelib, «uyingiz musodara qilinadi» demoqda. Shok holatga tushasiz.
Yomon hikoya qanday boshlandi?
2023-yil aprel oyi Guli Bahramovaga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan Toshkent viloyati Qibray tumani Limonzor 1-berk koʻchasi 7-uyga MIB xodimlari keladi, bu uyga nisbatan musodara borligini, muqaddam bir qancha MCHJning norasmiy rahbari А.А.га nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq holat mavjudligini maʼlum qilgan. Bahramova va uning oilaaʼzolari sud va boshqa holatlar haqida umuman xabardor emasligini, A.A ismli shaxsni esa umuman tanimasligini bildirib, gap nimada ekanligiga aniqlik kiritish maqsadida harakat boshlagan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudining hukmiga koʻra, А.А.га nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida goʻyoki Bahramova nomiga olingan mulk А.Анинг sodir etgan jinoyatlaridan topgan pul mablagʻlariga sotib olinganligi va u yetkazgan moddiy zararni undirish uchun Bahramova yashayotgan uyni musodara qilish, koʻrsatilgan boʻlib, tergovni oʻsha vaqtda Bosh prokuror oʻrinbosari ayni vaqtda Toshkent shahar prokurori Erkin Yoʻldoshev oʻtkazgan.
А.А.га nisbatan eʼlon qilingan 797 varaqli ayblov xulosasida A.A «Oʻzmetkombinat» AJning sobiq bosh direktori A.N rahbarligida tuzilgan jinoiy guruh ishtirokidagi harakatlari orqali jami hisobda oʻzgalarning 268 mlrd. 641 mln soʻmlik mulkini talon-taroj qilgani qayd etilgan.
Biroq shu paytgacha Bahramova yoki uning yaqinlarini birorta tergov va sud organi chaqirib holatga oydinlik kiritmagan. Dastlab tergovning va sudning eʼtiborsizligi oqibatida, uyni sotib olgan Bahramovaning mulkiy manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilmoqda. Sudning shoshqaloqligi oqibatida chiqargan ajrimi bilan bir oila uysiz qolmoqda.
Ayblanuvchining «uy mening pulimga sotib olingan» degan soʻzi bilan apellyatsiya instansiyasi ham kelishib, Bahramovaning mulkiga taalluqli qismini oʻzgarishsiz qoldirishi evaziga fuqaroning konstitutsion va qonuniy huquqlari poymol qilinayotganini ochiqchasiga koʻrishimiz mumkin.
Bahramovaning Effect.uz’га qilgan murojaatida uning qonuniy asoslarda tegishli boʻlgan Toshkent viloyati Qibray tumani Limonzor 1-berk koʻchasi 7-uyga qoʻyilgan taqiqni yechilishi va sud hukmining ushbu uyga nisbatan chiqargan qismini bekor qilinishi soʻralgan.
Darvoqe, jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida joriy yilning 30-aprel kuni holat koʻrib chiqilishi kerak edi, ammo sudyalar tarkibida qatnashayotgan sudyaning biri oldingi sud jarayonida ishtirok etganligi uchun ishga boshqa sudya jalb qilinishi sababi bilan mahkama 2-mayga qoldirilgandi. Tarafning advokati holatni yanada batafsil ochiqladi.
Masala jiddiy, bir oila boshqaning sudga aytgan tasdiqlanmagan vajlari bilan, yillar davomida sarson boʻlib, natijada koʻchada qolmoqda.
2-maydagi sudda bir qator OAV xodimlari, xususan Effect.uz muxbirlari ham ishtirok etishdi. Sud Guli Bahramovaning iddaolarini eshitib, keyingi sudda notariusdan vakil chaqirishni lozim deb topdi. Holat boʻyicha jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Navbatdagi sud 16-mayga belgilangan. Effect.uz voqealar rivojini yoritib boradi.