So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Navoiy: Xatirchining sobiq hokimidan qolgan «axlat» koʻpchilikni qiynayapti...
Bozorlar – yurtning farovonligi-obodligini koʻrsatib turuvchi bir oyna kabidir. Xatirchida bir bozor bor shundoqqina tuman markaziga kiraverishda nomi dehqon bozor boshqa joylarda boʻlganidek…
Bu bozorda ham dehqon bormi yoʻqmi bilmadik, lekin bu bozorning yillar davomida yigʻilib qolgan uyum-uyum qoʻshtirnoq ichidagi « axlatlari» hal boʻlmayotgan muammolari bor.
Agar shu bozor ahvoliga, obodligiga qarab tumanga uning rahbarlariga baho berish kerak boʻlsa ular hali beri u-yoqda tursin yaxshi baho ham ololmaydi. Bejizga mashoyixlarimiz yaxshidan bogʻ yomondan dogʻ qoladi deyishmagan ekan. Aytishlaricha, tuman uchun Xatirchida ishlab ketgan bironta hokimdan arzigulik esdalik qolmagan.
Afsuski, bugun biz tilga oladiganimiz oldingi hokimlardan qolgan yaxshi gap yaxshi ishlar haqida emas. Bizdagi hujjatlar, faktlar shunday xulosaga kelishimizga sabab boʻlmoqda. Shu bugungi kunlarda «Xatirchi dehqon bozori» na tartib, na orastalik va na gigiyenik talablarga amal qilinmaydigan aralash – quralash mollar bozoriga aylanib ketgan.
Mana oʻn yildan oshdiki bozorda faoliyat yuritayotgan 100 dan ziyod tadbirkorning tinchi halovati yoʻqolgan. Bu bosh ogʻriqlarning sababchisi Xatirchiga oʻn yildan ziyod bosh boʻlgan (2011-yildan 2021-yilgacha) tuman boshi Gʻofur Aliyevdir.
Hozirda viloyat mahallalariga bosh Aliyev tadbirkorlarga koʻra 2013-yilda bozorni qayta kapital rekonstruksiya qilinib obod bozorga aylantirishini, tadbirkorlarga ularning mulkiy va kadastr hujjatlariga ega binolari oʻrnida zamonaviy savdo doʻkonlari qurilishini aytib buzdirtiradi.
Oʻshanda hokim Aliyev: «chiqargan qaror asosida buzilgan doʻkonlar hadeganda qurilavermagach endi oʻzlaring ajratilgan joydagi savdo doʻkonlaringni oʻz mablagʻlaring evaziga qurib olasizlar. Ish bitgach yaʼni qurilishlar nihoyasiga yetgach barcha hujjatlaringni qonuniylashtirib mulkiy va kadastrga oid hujjatlaringni rasmiylashtirishga yordamlashaman» deydi.
Keyinchalik tadbirkorlar biladiki uddaburon Aliyev ularni nafaqat aldagan balki boplab laqillatgan. Vaqtlar oʻtib doʻkonlarini qurib, ne-ne hayollar surib savdolarini urib yurgan tadbirkorlarni bozorda oralagan bir xabar tamoman gangitib qoʻyadi. Bu xabar tadbirkorlarning savdo doʻkonlarini «Xatirchi dehqon bozori»ga doimiy foydalanishga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirgan holda berilgan qarori haqida edi.
2018-yilning 4-sentyabrida imzolangan Aliyevning 4270-sonli qarori tadbirkorlarning boshogʻrigʻi, noroziliklarining bosh sababchisidir. Buzilgan binolariga kompensatsiya toʻlovini soʻrashga ham istihola qilgan tadbirkorlar endilikda sobiq hokimning «sovgʻasi» tufayli uning manziliga doʻkonini ochgandayu yopganda ham tong otganda botganda ham bolaxonador qilib «salom»lar yoʻllashmoqda ekan.
Xatirchilik bozorchi tadbirkorlarni boshi berk koʻchaga kirgizgan muammoga qanday choralar yechimlar topsa boʻladi? Bu borada Xatirchiga yaqinda hokim etib tayinlangan Umid Adizov va boshqa masʼullardan javob kutib qolamiz. Kerak boʻlsa yana Navoiyga Xatirchiga boramiz, birgalikda oʻrganamiz.
Shu oʻrinda aytish joizki, Effect.uz’ни Xatirchiga borishga yana undayotgan omillardan biri shuki bozor yonginasida qurilgan supermarketga monand binoning 5-yildan buyon nega huvullab turganiyu shu binoni qurgan, sotib olgan tadbirkorning keyingi taqdiriga daxldor toʻplanib qolgan muammolarni oʻrgangani borishni taqazo etmoqda. Barchaga oʻzidan yaxshi nom ezgu ishlar qoldirishini tilagan holda sizlarga uchrashguncha, deb qolamiz. Salomat boʻling…