Qidirish

12:02 / 2024-05-01 1078 0 Maqolalar

Sirdaryodagi sirli ishlar: Moratoriyning Sirdaryoga foydasidan ziyoni koʻpmi yoxud notoʻgʻri talqin qilinayotgan Prezident farmoni…

Bugun Tabiat inomlarini ayovsizlarcha yamlayotgan insoniyat kelajakda ularning avlodlarini qanday fojialar kutayotgani bilishadi. Lekin ularning bugun koʻrayotgan foydasi ertaga qalin parda tutmoqda. Tabiatni asraymiz deya solayotgan ayyuhannoslarimiz afsuski koʻpincha qogʻozlarda shiorlarda qolib ketayotgani bor gap.

Bugun sizlarning eʼtiboringizga Effect.uz oʻzbekistonliklar uchun muhim suv manbai hisoblangan Sirdaryoning bagʻrida bahri — muhitida boʻlayotgan sirli ishlar toʻgʻrisida koʻrsatuv havola etamiz. Koʻpchilikning xabari bor keyingi paytlarda daryolardan xoʻjasizlarcha aytish mumkinki beorlarcha qum-shagʻal mahsulotlarining noqonuniy qazib olinishi tabiatga xususan daryo oʻzanlariga bemisl zarar, tiklab boʻlmas talofatlar yetkazdi. Bu ishlardan xavotirga tushgan Hukumat xayriyatki muhim qaror chiqardi.

Bugun 1-may 2024-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 17-yanvarda imzolangan “ Suv havzalarida noruda materiallarini qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” PF 14-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Sirdaryo va boshqa daryolar oʻzanlaridan noruda materiallarni qazib olishni toʻxtatilishini bildiruvchi muddatsiz moratoriy kuchga kirdi. Biroz oldin aytganimiz bu moratoriyning joriy qilinishi nur ustiga aʼlo nur. Ammo, Sirdaryoda noruda materiallar qazib олинмайди.да endilikda Sirdaryoda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar nima qilishadi? Ularning dardiga kim darmon boʻladi? Shu oʻrinda Hurmatli kuzatuvchilar daryolardan qum-shagʻallar qazib olish bilan tozalash orasida katta farq borligiga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz.

Yana ham tushunarliroq boʻlishi uchun shuni taʼkidlashimiz kerakki tozalash ishlari katta daryolarda jumladan Sirdaryo, Amudaryo kabi yirik daryolarda maxsus texnologik qurilmalar orqali amalga oshiriladi. Misol uchun Sirdaryoda shu kabi ishlarning deyarli barchasiZemsnaryad” deb ataluvchi qurilmalar orqali bevosita suvning ichidagi oqimga xalaqit berayotgan massani noruda materiallarni olib tashlashda foydalaniladi.

Bu ishlar bilan ham asosan tadbirkorlar shugʻullanadi faqat boshqa qum- shagʻal qazib oluvchi tadbirkorlardan farqli oʻlaroq ularning ishi xavfliroq masʼuliyatliroq va albatta foydaliroqdir. Bu yerda ishlayotgan tadbirkorlar nafaqat oʻzlari uchun balki daryoga ham boshqalardan koʻra koʻproq foyda keltiradi. Bular nimalarda koʻrinadi.

Agar Sirdaryoning asov suvlari bu kabi tadbirkorlarning faoliyatisiz koʻpgina koʻngilsizliklarga jumladan daryo qirgʻoqlarining yuvilishiga, boshqa oʻzanlarni paydo qilishga va hattoki fojiaviy suv toshqinlariga sabab boʻlishi mumkin. Shunday ekan bugun aynan Sirdaryo oʻzanida toʻplanib qolgan noruda materiallarni tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash Bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatishi ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarishi aniq.

Biroq Sirdaryo viloyati hokimligi, Ekologiya , atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi , “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va boshqa vakolatli davlat idoralari aynan Sirdaryo daryosiga Prezident farmonini notoʻgʻri talqin etishmoqda deya hisoblamoqda Sirdaryo daryosida ishlovchi tadbirkorlar.

Darvoqe, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvar kungi PF-14-sonli Farmoni 1-bandida “2024-yil 1-maydan boshlab Sirdaryo va boshqa daryolar oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinishi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari belgilanishi”, shuningdek Farmonning 3-bandida esa, “Ekologiya vazirligiga shartnoma asosida realizatsiya qilingan uchastkalarda daryo oʻzanlarini tozalash ishlari yakunlanganidan soʻng, loyiha majburiyatlarining bajarilishini joyida oʻrgangan holda uchastkalarni qabul qilish boʻyicha qoʻshimcha vazifa yuklatilishi” aniq-tiniq koʻrsatilgan.

Yaʼni, ushbu Farmon mazmuniga koʻra, qonuniy asosda faoliyat yuritayotgan va shartnoma asosida realizatsiya qilingan uchastkalarda daryo oʻzanlarini tozalash ishlarini olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlar yakunlanganidan soʻng, loyiha majburiyatlarining bajarilishini joyida oʻrgangan holda uchastkalar qabul qilinishi nazarda tutilgan.

Biroq, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi tomonidan Sirdaryo oʻzanini tozalash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga rasman ogohlantirish xatlari berilib, unda “2024-yil 1-maydan boshlab Sirdaryo daryosi oʻzanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinishi munosabati bilan daryo oʻzanini tozalash boʻyicha oʻzaro tuzilgan shartnomalar 2024-yil 1-may kunidan bekor qilinishi, shartnoma bekor qilinguniga qadar biriktirilgan uchastkani topshirishga tayyorlash, rekultivatsiya tadbirlarini amalga oshirishi, mazkur muddatdan keyin ushbu hududda oʻzan tozalash bilan bogʻliq ish faoliyati noqonuniy hisoblanishi” — koʻrsatilgan.

Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarga “Majburiy yozma koʻrsatma” tarqatilib, unda “Moratoriy joriy etilishi munosabati bilan 2024-yil 1-may kuniga qadar Sirdaryo daryosi oʻzani va muhofaza maydonidan oʻzan tozalash ishlarini olib borishda foydalanilgan uskuna va texnikalarni olib chiqib ketish, hududni chiqindilardan tozalash va olib chiqib ketish, muhofaza maydonidagi noqonuniy bino va inshootlarni koʻchirish, aks holda ushbu talablar bajarilmasligi maʼmuriy javobgarlikka tortishga asos boʻlishi” — aytilmoqda.

Shunisi achinarliki, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 02.05.2012 yildagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunining 42-moddasida nazarda tutilgan, yaʼni “Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish kabi huquqiy taʼsir choralari faqat sud tartibida qoʻllanilishi”ga oid talablar hamda Fuqarolik kodeksining 382-moddasida koʻrsatilgan, yaʼni “Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkinligi, taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa yoki ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin”ligi haqidagi qonuniy asoslarga umuman eʼtibor qaratilmasdan, mavjud shartnomalar bekor qilinishi va faoliyat cheklanishi toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri talablar qoʻyilmoqda.

Hattoki, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtgan davr mobaynida Prezidentning 2024-yil 17-yanvar kungi PF-14-sonli Farmoni ijrosiga oid masalalar yuzasidan Sirdaryo oʻzanini tozalash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida biron marotaba ham uchrashuvlar oʻtkazilmagan yoki yuzaga kelgan savollar yuzasidan tushuntirishlar berilmagan.

“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasining ogohlantirish xati hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Sirdaryo viloyati boshqarmasining majburiy yozma koʻrsatmasi talabiga koʻra, tadbirkorlar katta mablagʻ va koʻp yillik ogʻir mehnat evaziga yoʻlga qoʻyilgan oʻz tadbirkorlik faoliyatini butunlay toʻxtatishiga, yuzlab ishchilarni ishdan boʻshatish va ularning, ular ortidan oila aʼzolarining moddiy taʼminotiga barham berishga, sotib olingan maxsus va boshqa uskunalar uchun kredit toʻlovlarini xavf ostida qoldirishga, ayrim tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisidagi rasmiy kelishuv (shartnoma)larni bekor qilishga hamda ularga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplab berishga majbur бўлишади.Бу esa tadbirkorlarni xonavayron qilishi shubhasiz

 

Suv oʻzanlarini tozalash deganda nimani tushunamiz va u bizga nimaga kerak? Vazirlar Mahkamasining 21.12.2017dagi 1009-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda bu boradagi faoliyat, uning tub maqsadlari va asoslariga toʻliq tushuntirishlar berilgan.

Unga koʻra, “Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash deganda — daryolar, soylar va jilgʻalar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shagʻalli materiallar va suv ostidagi choʻkmalardan mexanik yoki gidromexanik usulda tozalash tushunilishi” hamda “Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tushuniladi va undan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlashdan iborat”dir.

Ammo, 2003-2009-yillarda Sirdaryo oʻzani tozalanmaganligi sababli Sirdaryo tumani, Asalchi SIU hududida suv koʻtarilib ketishi kuzatilgan va shu hudud aholisi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Shu davrdan boshlab daryo oʻzani muntazam tozalab turilishi evaziga suv koʻtarilishi kuzatilmagan va oqar suv daryo oʻzani boʻylab xavfsiz oʻtishi taʼminlangan.

Bu ishlar uchun davlat byudjetidan juda kam miqdorda mablagʻlar ajratib borilishiga koʻzingiz tushishi mumkin maʼlumotlarga koʻra 2016-yilda Oʻzbekiston davlat byudjetidan mavjud daryolar oʻzanlarini tozalash, qirgʻoqlarni mustahkamlash va himoya qilish ishlariga 23 mlrd soʻm mablagʻ ajratilib, ushbu mablagʻlar daryo oʻzanlarini tozalash, qirgʻoqlarni mustahkamlash va boshqa muhandislik-texnik hamda himoyalash ishlari boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar uchun sarflangan.

Sirdaryoda Yana bir tashvishli holat shundaki, Sirdaryo oʻzanining tozalanmagan qismlarida ortiqcha qum-shagʻal yigʻilishi natijasida orolchalar paydo boʻlgan va buning oqibatida suv oqimi daryoning ikki qirgʻogʻi boʻylab harakatlanib oʻz-oʻzidan daryo qirgʻoqlarining oʻpirilishi, kengayib ketishi, sel va toshqin hodisalarida xavfli hududga aylanishi va qishloq xoʻjaligi foydalanuvida boʻlgan ekin yerlarining daryoga qoʻshilib ketishi kabi salbiy holatlarning sonini koʻpaytirmoqda.

Tadbirkorlarni qiynab kelgan muammolardan Yana biri shuki ularning faoliyat yuritishida muhim boʻlgan 100 metrlik qirgʻoq boʻyi hududida qishloq xoʻjaligida foydalanuvchilar aksariyatida fermerlarning qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirib kelingan. Mabodo qirgʻoqlarda oʻpirilish yoki suv yuvish holatlari yuzaga kelsa Yana aybdor tadbirkor. Yana unga jarima. Yana unga dalolatnomalar rasmiylashtiriladi qator masʼullarning jimjimador imzolari qoʻyilib.

Yuqoridagilardan tashqari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi uzilishlar ushbu korxonalarda bir necha yillardan buyon muntazam halol mehnat qilib, ish bilan taʼminlanib, oylik ish haqi olib, oʻz oilasini tebratib kelayotgan ishchilar, qolaversa ular ortidan yana minglab ularning oila aʼzolari hamda daryo oʻzanini tozalash natijasida toʻplangan chiqindi mahsulotlarini tashish bilan shugʻullanuvchi ogʻir yuk tashuvchi transport vositasi haydovchilari va ular ortidan yuzlab oila aʼzolarining taqdiriga, ularning bandligi, mehnat qilishi, doimiy ish joyiga ega boʻlishi, oilaviy va moddiy taʼminoti, kredit, soliq va boshqa kommunal toʻlovlarni toʻlash qobiliyati va tadbirkorligiga jiddiy taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi.. Effect.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.

Izohlar 0

Fikr bildirish