So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Ohangarondagi tugʻruqxonada homilador ayol qornidagi homilasi bilan vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Ohangaron shahrida homilador ayol qornidagi homilasi bilan vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 2024-yilning 3-aprel kuni soat 02:45 da 1992-yil Ohangaron shahrida tugʻilgan X.A. qorin va beldagi ogʻriq bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi tugʻuruq boʻlimiga “Homiladorlik 4, 39 hafta tugʻuruq 3. Tugʻuruqning 1 davri, latent fazasi. Semizlik 3 daraja” tashxisi bilan qabul qilingan. Bemor shifokorlar nazorati ostida boʻlgan.
2024-yil 4-aprel kuni soat 14:10 da ayolning toʻsatdan ahvoli ogʻirlashib, havo yetishmasligi va yurak sohasida ogʻriq bilan nafas olishi qiyinlashgan.
Shundan soʻng zudlik bilan reanimatolog ishtirokida bemorda zarur reanimatsion choralar amalga oshirilgan. Biroq shunga qaramay, soat 14:35 da ayolda biologik oʻlim holati kuzatilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, bemorning oʻlimiga yurak ishemik kasalligi, oʻtkir koronar yetishmovchiligi, yurak mushaklarining gipertrofiyasi va oʻtkir miokard infarkti sabab boʻlgan.
Asorati: Oʻtkir yurak va nafas yetishmovchiligi. Oʻpka shishi. Bosh miya shishi.
Yondosh: Homiladorlik 4, tugʻuruq 3, homiladorlik 39-40 hafta. Bachadon shilliq qavatlariga qon quyilishi. Semizlik 3 daraja. Oʻtkir jigar gepatozi. Homila ichi asfiksiyasi. Homila antenatal oʻlimi.
Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimida sodir boʻlgan holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.