So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
“BYD SONG PLUS”, “BYD HAN” va “Toyota Land Cruiser 300”. Davlat byudjetining sarhisobini bilmayotgan tashkilotlar nomi ochiqlandi
Ayrim vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan avtotransport xarid qilishi holatlarijamoatchilik oʻrtasida keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari 321,0 trillion soʻmni, xarajatlari 380,0 trillion soʻmni tashkil etdi.
Bunda xarajatlar daromadlardan 59 trillion soʻmga koʻp boʻlib, byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,5 foizga yetgan.
“Oʻzbekiston–2030” strategiyasida belgilangan keng koʻlamli islohotlarni 2024-yilda samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy oʻzgarishlarga erishish maqsadida joriy yilda byudjet mablagʻlari hisobidan barcha sohalarda koʻplab muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatdagi amaliy vazifalarni bajarish rejalashtirilgan.
Biroq, byudjet taqchilligi fonida joriy yilning 1-chorak yakunlari boʻyicha ayrim vazirlik va davlat tashkilotlari narxlari yuqori boʻlgan avtotransport vositalarini harid qilish uchun mablagʻlar sarflayotganligi kuzatilmoqda.
Masalan, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi tomonidan 444 mln soʻmga bir dona “BYD SONG PLUS” avtotransport vositasini, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan 504 mln soʻmga premium-klassdagi “BYD HAN” avtomobilini hamda Oliy Sud tomonidan 1,5 mlrd soʻmga “yoʻltanlamas” “Toyota Land Cruiser 300” avtomobilini va boshqa ayrim tashkilotlar ham shu kabi avtotransport vositalarini xarid qilishayotgani shular jumlasidandir.
Xorijiy mamlakatlarda vazirliklar rahbarlari oʻzlarining xalq xizmatidagi davlat xodimi ekanligini bildirish, oʻzining xalqqa yaqinligini koʻrsatish maqsadida qimmatbaxo xizmat avtomobillari oʻrniga jamoat transporti va velosipedlarda ishga kelishni afzal bilishmoqda.
Keng jamoatchilik tomonidan vazirlik va idoralar mablagʻlarni sarf qilishda birinchi navbatda hududlardagi, jumladan mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etishga, amalga oshirilayotgan islohotlarni har bir xonadonga yetib borishini taʼminlashga eʼtibor qaratishi zarurligi taʼkidlanmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xalq vakili sifatida, byudjetdan mablagʻ oluvchi vazirlik, idora va tashkilotlarni byudjet mablagʻlarini sarflashda tejamkorlikka amal qilishlariga, foydalanishdagi avtotransport vositalari mavjud boʻlgan holda mazkur maqsad uchun xarajatlarga yoʻl qoʻymaslikka chaqiramiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari,
OʻzLiDeP Fraksiyasi aʼzolari
Nodir Abduvaliyev,
Sardor Gʻiyosov



