So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi. U kim edi?
Venesuelada dunyodagi eng keksa erkak sifatida tan olingan 114 yoshli Xuan Visente Peres Mora vafot etdi. Erkakning qarindoshlarining maʼlum qilishicha, Visente 2-aprel, seshanba kuni vafot etgan. Uning vafotidan keyin eng keksa odam unvoni 1911-yilda tugʻilgan yaponiyalik Gisaburo Sonobega oʻtdi.
Dunyodagi eng keksa odam kim edi va qanday yashagan?
Xuan Visente Peres Mora 1909-yil 27-mayda And togʻlarida tugʻilgan. Oilada Visentedan tashqari yana oʻnta bola bor edi. Uning otasi va akalari qahva va shakarqamish yetishtirishgan, u ularga yoshligidan yordam berishga majbur boʻlgan.
Xuan besh yoshida fermer xoʻjaligida ishlay boshlagan va qariguncha yer dehqonchilik qilgan va faoliyatini 104 yoshida yakunlagan. 1937-yilda Xuan Visente Peres Mora turmush qurdi va tez orada ota boʻldi. Xuan rafiqasi bilan birgalikda 60-yildan ortiq umrguzaronlik qildi va olti oʻgʻil va besh nafar qizga otalik qildi. 2022-yilga kelib Moraning 41 nevarasi, 18 evarasi va 12 chevari boʻldi.
Yuz yoshli dovondan eson-omon oʻtib olgan erkak kuni oilasi bilan bir chashka qahva va nonushta bilan boshlanishini aytdi. Moraning aytishicha, u hayotda oʻrgangan eng muhim narsa bu Yaratganga boʻlgan muhabbat va oilaga boʻlgan sevgi va erta turish boʻlgan.
Moraning tugʻilgan sanasi Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan tekshirildi va tasdiqlandi. Bu 2022-yilda, 113 yoshga toʻlishidan bir necha kun oldin sodir boʻlgan. Mora tarixda 114 yoshgacha yashagan yettinchi yoshi tekshirilgan odamga aylandi.
Doʻstlari va qoʻshnilari oddiygina Visente amaki deb chaqirgan odamning oʻlimi haqida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro maʼlum qildi.
«Xuan Vinsente Peres More 114 yoshida abadiylikka kaytdi. Men uning oilasiga va Tachira shtatidagi El-Kobre shahrining barcha aholisiga hamdardligimni bildiraman. Xudo uni muqaddas ulugʻvorligida qabul qilsin!», - deb yozdi Maduro
Hozir kim eng keksa yuz yillik hisoblanadi?
Xuan Visente Peres Mora vafotidan keyin eng keksa odam 1911-yilda tugʻilgan yaponiyalik Gisaburo Sonobe boʻldi. Hozir u 112 yoshda. Dunyodagi eng keksa oʻnta kishi ayollar boʻlib, ularning yarmi Yaponiyada yashaydi.
Ushbu roʻyxatda birinchi oʻrinni hamon yaqinda oʻzining 117 yoshini nishonlagan ispaniyalik Mariya Branyas Morera egallab turibdi. Morera 1907-yil 4-martda Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida tugʻilgan.
Sakkiz yoshida u oilasi bilan Ispaniyaning Kataloniya shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda butun umrini oʻtkazdi. Ayol ispan grippi pandemiyasidan, shuningdek, Ispaniya fuqarolar urushidan omon qolgan.
Morera shifokor Joan Morega turmushga chiqqan va uch nafar farzandni dunyoga keltirgan. 1976-yilga kelib Morera beva qolgan va bu yagona oʻgʻli Avgustdan ham ajralib qolgan.
Qanday qilib eng keksa odamlar bunday yoshga qadar yashashdi?
Taxminan bir yil oldin saraton tadqiqotchisi Manel Estelier Morera oilasi bilan bogʻlanib, qon, siydik va ogʻiz boʻshligʻi namunalarini olishga ruxsat oldi.
«Biz hech qachon 117 yoshli odamning hujayralari bilan shugʻullanmaganmiz. Bu juda kam uchraydigan narsa», - dedi olim.
Estelier Morera tanasining xususiyatlarini oʻrganish uning uzoq umr koʻrish sirini ochishiga umid qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, yuz yillikning hujayralari uning haqiqiy yoshidan oʻn yoshga kichikroq. Tadqiqotchi buni uning genetikasi va turmush tarzi bilan bogʻlaydi. Moreraning oʻzi, u 117 yoshga qadar hech qanday maxsus mashqlar qilmaganini daʼvo qilmoqda.
«Men bu yoshga yetish uchun hech qanday maxsus ish qilmadim», deydi u.