So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“HUMO AIR” isteʼmolchilarning aviachipta uchun toʻlagan 1,5 mlrd soʻmni qaytargan» — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Ijtimoiy tarmoqlarda «HUMI AIR» mijozlarni sarson qilmoqda, pullar qaytarilmayapti…» sarlavhasi ostida murojaat eʼlon qilindi. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi mazkur murojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda aytilishicha, qoʻmita tomonidan ushbu holat oʻrganib chiqilgan. Unga koʻra, haqiqatan ham “HUMO AIR” MCHJ tomonidan 2024-yilda 284 ta avia reyslar bekor qilingan va aviachipta xarid qilgan yoʻlovchilar pullarini qaytarib berilmagan.
Bu bilan aviakompaniya Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19 va 21-moddalari talablari buzilganligi aniqlandi.
Xususan, Qonunning 19-moddasida Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat koʻrsatishi) shartligi belgilab berilgan.
Shuningdek, Qonunning 21-moddasiga koʻra, sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qoʻshimcha tovarlar sotib olishga yoki qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek koʻrsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
Qoʻmita olib borgan oʻrganishlar natijasida “HUMO AIR” MCHJga bugungi kungacha isteʼmolchilardan kelib tushgan 3000 nafar murojaatlar ulardan 2000 nafar yoʻlovchining murojaati qanoatlantirildi va aviachipta uchun toʻlagan 1 mlrd 500 mln soʻm mablagʻ isteʼmolchilarga qaytarilgan.
Shuningdek, 6 nafar isteʼmolchining talabiga koʻra, aviakompaniya oʻz hisobidan boshqa aviakompaniyadan 7 mln 498 ming 758 soʻmga chiptalarni xarid qilib topshirgan.
«Aviakompaniya tomonidan parvozi amalga oshmagan qolgan yoʻlovchilarga ham pulni qaytarish choralari koʻrilmoqda.
Raqobat qoʻmitasi foydalanilmagan aviachiptalar uchun isteʼmolchilarga toʻlaqonli toʻlovlarni qaytarish boʻyicha nazorat oʻrnatilganligini maʼlum qiladi», - deyiladi xabarda.