So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Isroil genotsidining yagona qurboni Falastin xalqi emas, balki inson qadr-qimmatidir” — KADEM boshqaruv kengashi raisi
Ayollar va Demokratiya Jamgʻarmasi, Nyu-Yorkda 8-mart Xalqaro ayollar kuni bayrami doirasida ishtirok etgan “International Civil Support for Palestinian” (Falastin Ayollariga Xalqaro Fuqarolik Yordami) tadbirida interaktiv bir installatsiya orqali Isroilning davom ettirayotgan genotsidi va Gʻazolik jasur ayollarning sharafli bardoshlarini jahon kun tartibiga olib chiqdi.
BMT Xalqaro ayollar kunini oʻz ichiga olgan mart oyi uchun bir qator dasturlar uyushtirgan KADEM Nyu-Yorkdagi Times maydonida koʻp sonli ishtirokchilarni qamrab olgan tadbir va matbuot anjumani uyushtirdi.
Maydondagi matbuot anjumanida KADEM boshqaruv kengashi raisi Soliha Okur Gumrukchuogʻlu bayonot berdi.
«Hatto ayollarga nisbatan zulm ham adolatsiz bir holatda davom etmoqda. 9 mingdan ortiq falastinlik ayollar oramizda yoʻq. Eng achinarlisi shundaki, sodir boʻlayotgan voqealar falastinlik ayollar ham, boshqa urush va mojaro hududlarida qamalib qolgan minglab ayollar uchun ham yangilik emas.
Juda uzoq vaqtdan beri falastinlik ayollar dunyoning eng katta oʻlim lageriga aylantirilgan hududda avlodlardan oʻtib davom etib kelayotgan tizimli genotsidga, zoʻravonlik bilan birga vahshiylikka duchor boʻlmoqdalar. Ortimdagi platformada falastinlik ayollarning ramziy qoʻl ishi boʻlgan tetrizdan (bir qancha matoga tikilgan naqsh) Falastin bayrogʻi bor. Ushbu platformadan sotib olgan har bir roʻmol-mato Isroil tomonidan oʻldirilgan ayollarni tasvirlaydi. Hali bu matolarni sotib olmaganlar, ularning dardini baham koʻrishimiz ramzi sifatida sotib olishlarini istardim. Shularni amalga oshirgan holda barchaga falastinlik ayollarni unutmasligimizni, bu adolatsizlikka jim turmasligimizni va dunyo ayollari oʻrtasida uzilmas rishtalar mavjudligini koʻrsatamiz.
Ha, dunyo sifatida katta halokatga guvoh boʻlishdek dahshatning ichidamiz. Bir xalq tinimsiz bombardimon qilinmoqda. Bir xalq oylar davomida eng ogʻriqli oʻlimlarga duchor boʻlmoqda. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar ochlikdan oʻlmoqda. Nafaqat Gʻazo bombardimon qilinmoqda, balki ming yillar davomida odamlar birgalikda yaratgan umuminsoniy qadriyatlar ham bombalanmoqda. Har bir bomba hammamizning boshimizga tushmoqda.
Boshqa tomondan, bugungi kunda biz faxrlanadigan narsa, bu butun dunyo odamlari bu hujumga keskin qarshilik koʻrsatmoqda. Bir necha oydirki, dunyoning sharqi, gʻarbi, janubi va shimolidan shiddatli norozilik namoyishlari kelayapti. Bu bizga yorugʻlikning haqiqiy farzandlari tinchlikni xohlaydigan odamlar ekanligini koʻrsatadi», - dedi Okur.
Gumrukchuoʻgʻlu oʻz bayonotining soʻngida butun dunyo hamjamiyatini Falastindagi qirgʻinga eʼtibor qaratishni soʻradi:
«Biz oʻz tanlovimizni qildik. Biz tarixning toʻgʻri tomonida, yashash uchun kurashayotgan sharafli Falastin ayollari tarafida turishga qaror qildik. Biz shuni hamma bilishini istaymiz: Isroil genotsidining yagona qurboni Falastin xalqi emas, balki inson qadr-qimmatidir. Insoniyat qadr-qimmatini himoya qilish esa irqi va dinidan qatʼiy nazar barchamizning umumiy burchimizdir!!!»