So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Jizzaxda “zakaz”ga ishlagani aytilayotgan prokuratura va tergov boʻlimi xodimlariga tekshiruv boshlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda hokimlik qarorining bir qismini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga ariza kiritilganligi va boshqa holatlar haqida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Sharof Rashidov tumani prokurorining Jizzax (hozirgi Sharof Rashidov) tumani hokimining yer ajratish haqidagi tegishli qarorining 2 nafar fuqaroga doir qismini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizasi Jizzax tumanlararo maʼmuriy sudining hal qiluv qaroriga koʻra qanoatlantirishdan rad etilgan.
Hozirda, xabarda qayd etilgan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi xodimlariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilayotganligi, shuningdek, tuman prokuraturasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganligi, natijalari boʻyicha qonuniy choralar koʻriladi.
Gap shundaki, Jizzax tumani(Sharof Rashidov) hokimining 2007-yil 29-dekabrdagi 947-son qarori bilan tumanning Oxunboboyev va Uchtepa QFY hududidan jami 26 nafar fuqaroga uy-joy qurish uchun 0,06 gadan yer maydonlari ajratib berilgan.
Oradan vaqt oʻtib Jizzax tuman(Sharof Rashidov) prokuraturasi negadir hokim qarori bilan yer ajratib berilgan fuqarolardan ikki nafari: A.Mamajonov va A.Achilovlarga oid qismini haqiqiy emas, deb topishni soʻrab sudga ariza kiritgan.
Arizaga asos qilib tergovchining 082122/2022-44VU- sonli jinoyat ishi boʻyicha 2023-yil 4-dekabr kungi “ayblilik masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini bir qismini tugatish haqidagi qarorga aniqlik kiritish toʻgʻrisida”gi qarori keltirilgan.
Qizigʻi shundaki, tuman hokimining bitta qarori (2007-yil 29-dekabrdagi 947-son) bilan 26 nafar fuqaroga yer ajratilgan boʻlsa-yu, qanday qilib undagi ikki fuqaroning qarori noqonuniy boʻlib qoladi? Agar qaror noqonuniy boʻlsa, demak barcha 26 nafar fuqaroga oid qaror noqonuniy boʻlmaydimi?
“Zakaz ish” degani shu boʻlsa kerak. Oddiy aytganda yuqoridagi qaror bilan A.Mamajonov va A.Achilovlarga ajratilgan yer maydoni endi kimgadir kerak boʻlib qolgan. Va bunda huquqni muxofaza qiluvchi idoralar xalq bergan vakolatni suisteʼmol qilib, “zakaz”ni ijro qilmoqda. Balki bu korrupsiya evazigadir. Qiziqqanlar tekshirib koʻrishi mumkin”, deya yozadi jamoatchilik faoli Rasul Kusherbayev.
Ishonish qiyin, lekin tergovchi sudda guvoh sifatida soʻralganda prokuratura organi asos qilib keltirgan oʻsha qarorni (082122/2022-44VU- sonli jinoyat ishi boʻyicha 2023-yil 4-dekabr kungi) qabul qilganini eslay olmasligi va uning asl nusxasi qayerdaligini bilmasligini aytgan. Ajoyib...
Aslida tergovchi qarorning asl nusxasi qayerdaligi va bu qarorni qabul qilganini qanday eslaydi? Axir yuqorida keltirilgan jinoyat ishi JIB Sharof Rashidov tuman sudiga 2023-yil 18-sentyabr kuni kirim qilinib, sudning 2023-yil 29-sentyabr kungi ajrimi bilan JKning 64-moddasi 1-qismi “a, b” bandlariga asosan tugatilgan boʻlsa.
Allaqachon sud ixtiyoriga oʻtgan ish boʻyicha tergovchi asl nusxasi qayerdaligini eslolmayotgan 2023-yil 4-dekabrdagi qarorini goʻyoki bor deya asos qilib, sudga ariza kiritayotgan prokuraturaning bu harakatini qanday izohlash mumkin?
Bu qonunni bilmaslik emas, bilib turib oshkora buzish, hujjat soxtalashtirish, mansab vakolatni suisteʼmol qilish deyiladi. Prokuratura va tergovchining ahvoli shu boʻlsa, fuqarolar kimga ishonadi, kimga suyanadi?
Savolga Bosh prokurorimiz Nigʻmatilla Toʻlqinovich quyi prokuraturaning bu harakatlariga qonuniy chora koʻrgachgina javob bersa boʻladi, deya qoʻshimcha qilgan R.Kusherbayev.