Qidirish

00:01 / 2025-09-14 1393 0 Siyosat

AQSHda Charli Kirk suiqasdida gumonlanuvchining surati e’lon qilindi

FBR Charli Kirkka suiqasdda gumonlanayotgan 22 yoshli Tayler Robinsonning suratini e’lon qildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Kirkni Yuta vodiysi universitetidagi chiqishi paytida otib o‘ldirgani taxmin qilinmoqda.

world-news

FBR Charli Kirkka suiqasdda gumonlanayotgan shaxsning ilk suratini jamoatchilikka taqdim etdi. Suratda 22 yoshli, Yuta shtatida tug‘ilgan Tayler Robinson aks etgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Kirkni Yuta vodiysi universitetidagi chiqishi vaqtida otib o‘ldirgani taxmin qilinmoqda.

Yuta gubernatori Spenser Koks voqeani keskin qoralab, «bu faqat bir shaxsga emas, balki butun jamiyatga qilingan hujumdir», deya ta’kidladi. Unga ko‘ra, siyosiy zo‘ravonlik jamiyatda fikr va so‘z erkinligini xavf ostiga qo‘yadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Robinson hodisadan oldin qarindoshlariga Kirkni «nafratga to‘la bloger» deb atagan. Jinoyat joyidan topilgan gilzalarda turli haqoratli yozuvlar bo‘lgani qayd etilgan.

The New York Times yozganidek, Tayler Robinson keyinchalik Zayon milliy bog‘i yaqinidagi Sent-Djordj shahrida qo‘lga olingan. U hibsga olinishidan oldin qilgan jinoyatini qarindoshlariga tan olgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish