So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Yorugʻlik koʻchasini qamragan “zulmat”. Xorazmda insonlar hayotiga xiyonat…
2023-yil Effect.uzʻga Xorazm viloyatining Bogʻot tumanidagi Bogʻiston mahallasi Yorugʻlik koʻchasidagi bir qancha fuqarolar murojaat qilgan edi. Murojaatda shu koʻchadagi 8 ta xonadonga kirib chiqish yoʻli yoʻqligi, yoʻl tushirish boʻyicha murojaat qilinmagan idoralar deyarli qolmagani haqida soʻz boradi.
2023-yil Effect.uzʻga Xorazm viloyatining Bogʻot tumanidagi Bogʻiston mahallasi Yorugʻlik koʻchasidagi bir qancha fuqarolar murojaat qilgan edi. Murojaatda shu koʻchadagi 8 ta xonadonga kirib chiqish yoʻli yoʻqligi, haqida soʻz boradi.
Maktab yoki bogʻchaga qatnovchi bolalar mahallada yoʻlsizlikdan qiynalishadi, favqulotda holatlarda odamlarni qutqarishning deyarli imkoni yoʻq.
Odamlar fermer yeridan oralab oʻtishga majbur, tuman hokimligi va boshqa idoralar esa, odamlarning holidan xabar olay demaydi, goʻdaklar qiynalayotganini hatto oʻylamaydi?
Mahalla faoli Hamro Sodiqov hamqishloqlarining uzoq yillik orzularini amalga oshirish uchun bormagan joyi, taqillatmagan eshigi qolmagan. Idoralar fuqarolarga bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan javob xatlarini yoʻllashdan hech charchashmayapti.
Masʼullarning, eʼtiborsizligi ortidan Bogʻiston MFYdagi Yorugʻlik koʻchasini “zulmat” qamragan.
Effect.uz ushbu jurnalistik surishtiruv aks etgan videolavhani ancha oldin eʼlon qilishi kerak edi, ammo bogʻotlik masʼullarning “iltimos videoni chiqarmay turinglar, biz sentyabrgacha masalani ijobiy hal qilamiz” deganlariga ishonib, ishlarni biroz keyinga qoldirgan edik. Afsuski, masʼullar vaʼdasini bajarmagan, yolgʻon gapirishgan.
Sentyabrda ijobiy hal etilishi aytilgan muammo mana oradan 7 oy oʻtsa hamki aktualligini yoʻqotgani yoʻq, masʼullarning quruq vaʼdasi umidvor fuqarolarning Effect.uz xodimlariga boʻlgan ishonchini ham yoʻqotilishiga olib keldi.
Oʻzi Effect.uzʻga mahalla fuqarolari davlat idoralaridan qoniqarsiz javoblar olgach, amaliy yordam soʻrab, murojaat qiligan edi. Ochiqchasiga aytadigan boʻlsak, bizga koʻpincha koʻp idoralar eshigi ortidan sarson boʻlib qaytgan fuqarolar yordam qoʻli choʻzishimizni istab, murojaat yoʻllashadi.
Chunki, nohaqlik ommaga eʼlon qilinishidan soʻnggina tegishli idoralar harakatga keladi, noroziliklarga barham beriladi. Oʻylaymizki, mazkur holatga Xorazm viloyati va Bogʻot tuman hokimligi masʼullari ijobiy eʼtibor qaratishadi.