Qidirish

04:34 / 2024-03-10 1436 0 Maqolalar

“Gazli Gas Storage” “Ozodlik” surishtiruviga raddiya berdi

“Gazli Gas Storage” MCHJ “Ozodlik” radiosi eʼlon qilgan jurnalistik surishtiruv boʻyicha munosabat bildirdi. Surishtiruvda kompaniyaning yangi taxminiy egalari va mavhum ishtirokchilari haqida soʻz borgan. Kompaniya bularni asossiz va tuhmat maʼnosidagi chiqishlarga qiyoslab, vaziyatni aniqlashtirish maqsadida quyidagilarni maʼlum qildi.

world-news

2023-yil oktyabr oyida korporativ restrukturizatsiya natijasida tashkilotning ilgari Rossiyaning “Forus” AJ ga tegishli boʻlgan ulushi Gonkongda roʻyxatdan oʻtgan Daxon Holdings Limited kompaniyasiga oʻtgan, biroq Baxtiyor Fozilov restrukturizatsiyadan oldin ham, keyin ham asosiy benefitsiar hisoblangan.

Taʼkidlanishicha, “Gazli Gas Storage” MCHJ sanksiyalar ostida boʻlgan shaxslarga hech qachon tegishli boʻlmagan. Gonkongga relokatsiya boʻlish toʻgʻrisidagi qaror Xitoy kompaniyalari bilan katta hajmdagi biznes aloqalari oʻrnatilgani tufayli qabul qilingan.

Qayd etilishicha, Gonkongda qonuniy roʻyxatdan oʻtish hisob-kitoblarni va qoʻshimcha moliyalashtirishni jalb qilishni, biznesni yanada rivojlantirish uchun uskunalar sotib olishni osonlashtiradi. Bundan tashqari, qayta tashkil etish boshqaruv shaklini soddalashtiradi va uni xalqaro investorlar va kontragentlar uchun yanada shaffof va maqbul qiladi.

“Gazli Gas Storage” MCHJ Oʻzbekistondagi gaz omborining operatori hisoblanadi. Uni kengaytirish dasturi mamlakatning energiya xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi. Kompaniya faoliyati gazni saqlash hajmini 3 milliarddan 10 milliard metr kubgacha, yaʼni uch baravar oshirishga qaratilgan.

Xorijiy investorlarning 310 million dollar miqdoridagi sarmoyalari oʻz natijasini bergan: yaʼni, gaz omborining quvvati 50 foizga oshib, 4,5 milliard metr kubga yetgan. Birinchi uch yilda neft qazib olish asosiy rejadan 25-30% ga oshishi natijasida 47 000 tonna neft qazib olinib, gaz qazib olish 550 million metr kubga yetgan. Bu esa Oʻzbekiston ichki bozorining rivojlanishiga yordam beradi.

Loyiha ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini ham kengaytirdi: bugungi kunga qadar 200 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgan va yana 100 ta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

“Gazli Gas Storage” MCHJ QKning asosiy vazifasi boʻlib “Gazli” konining gaz gorizontlari va neft qatlamlarini qoʻshimcha qidirish va qoʻshimcha ishlab chiqish bilan kompleks ravishda kon majmuasidagi yer osti gaz ombori gaz saqlash hajmlarini oshirish hisoblanadi.

Kompaniya boshqaruvida:

Jabriyev Otabek Akbaraliyevich — Bosh direktor,

Saydazimov Maxamatxodja Xabibullayevich — Bosh direktori birinchi urinbosari — Bosh muhandis,

Bratukhina Irina Anatolevna- Bosh direktorning moliyaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlab kelmoqda.

Maʼlumot uchun, “Gazli Gas Storage” MCHJ zamonaviy xalqaro talablarga va standartlarga javob beruvchi ilgʻor tajribalarni va eng yangi ishlanmalar asosida ish olib boradi.

“Buxoro-Ural”, “Oʻrta Osiyo-Markaz” va “Gazli-Chimkent” kabi magistral gaz quvurlari chorrahasida joylashgan “Gazli” yer ostida gaz saqlash ombori Oʻzbekiston Respublikasi gaz transporti tizimining yuragi boʻlib, Oʻzbekistondan gazni Uralga Rossiyaning Yevropa qismiga, Qozogʻistonning janubiga va Xitoyga eksport qilish imkoniyatiga ega.

MCHJ neft va gazni qazib chiqarish, qayta ishlash va transportirovka qilish, energiya va issiqlikni ishlab chiqarish sohasida mahsulotlarni, yechimlarni, tizimlarni va texnologiyalarni yetkazib berish boʻyicha jahon peshqadami – Siemens Energy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 41 MVt quvvatga ega boʻlgan gaz haydash agregatlari kabi tabiiy gazni tayyorlash va tashish jarayonlarida ilgʻor texnologiyalarni qoʻllaydi.

Izohlar 0

Fikr bildirish