So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Chirchiqdagi obodonlashtirishga obodlik kerak! – Zoir Mirzayev axir bular ham inson…
Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Obodonlashtirish boshqarmasining oʻziga obodonlashtirish ishlari zarur.
Boshqarma binosi bir ahvolligini qoʻya turing, u yerdagi sharoitlarga qarsak chaladi kishi. Chirchiq shahar deputati Jahongir Toʻlaganov tashabbusi bilan boshqarmaning asl ahvoliga nazar tashladik.
Nega boshqarma xodimlarining shart-sharoitlari abgor holatda, tizimga moliyaviy koʻmak ajratilmaydimi, yoki ajratilsa ham yetib kelishi qiyin boʻlyaptimi? Balki, yoʻllardagi radarlar bunga xalaqit berayotgandir… Shu kabi savollar bisyor, javob esa hozircha yoʻq.
Shahar tozaligiga javobgar obodonlashtirishning oʻziga obodlik kerak. Bu ketishda aslo rivojlanish boʻlmaydi, ekologik faol boʻlgan shaharning ham ekologiyasi tamom boʻlishi hech gap emas. Masʼullardan Chirchiqqa jiddiy eʼtibor qaratishlarini soʻrab qolamiz.