Qidirish

23:21 / 2024-02-27 2212 0 Maqolalar

“Numa diagnostics” va Turkiyaning “Medipol” klinikasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Turkiyadan tashrif buyurgan professor hamda vrachlar jamoasi “Numa diagnostics” koʻrsatmalari asosida onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bemorlar uchun bepul tibbiy koʻrik oʻtkazdilar.

world-news

Joriy yilning 25-fevral kuni “Hilton” mehmonxonasi konferensiyalar zalida “Numa diagnostics” va Turkiyaning eng mashhur “Medipol” klinikasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu tadbirda “Medipol” klinikasidan tashrif buyurgan mutaxassislar, mehmonlar va OAV vakillari ishtirok etdi. Eng quvonarli jihati, Turkiyadan dunyoning top-10 taligiga kiruvchi onkologiya yoʻnalishidagi tibbiyot fanlari doktori professor, dotsent va vrachlar Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Marosimda “Medipol” klinikasining tijorat boʻyicha direktor oʻrinbosari Uygar Ustun nutq soʻzladi:

Medipol klinikasi 3 ta universitet, 4 ta universitet kampusi, 10 ta shifoxona va stomatologiya klinikalariga ega Istanbul va Anqaradagi eng yirik tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotdir. Bundan tashqari Turkiyada tibbiy turizm sohasida yetakchi salomatlik guruhlaridan biridir. Oʻtgan yili biz 153 ta mamlakatdan kelgan 40 ming nafardan ortiq bemorlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatdik va tabiiyki ular orasida oʻzbekistonliklar ham bor. Biz Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasi rivojiga oʻz hissamizni qoʻshishdan mamnunmiz va buning uchun qoʻlimizdan kelganicha yordam beramiz”, — dedi turkiyalik mehmon.

Marosim vaqtida “Numa” kompaniyalar guruhi bosh direktori Olimjon Abduvahobov markazning imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

«Numa» kompaniyasi kattalar va bolalar uchun 25 xildan ortiq tabiiy mahsulotlar, vitaminlar ishlab chiqaradi. Hozirgacha mahsulotlarimiz 90 mingdan ziyod mahalliy va xorijlik mijozlarga yetkazib berilgan.

2023-yil oxirida kompaniyamiz huzurida Numa diagnostika markazi faoliyatini yoʻlga qoʻydik. Markazda minga yaqin turdagi analiz–tahlillar va laboratoriya tekshiruvlari olib boriladi. Laboratoriyamiz Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan barcha standartlarga toʻla javob beradi. Uskunalarimiz Germaniya va AQSH davlatlaridan olib kelingan»,— dedi Olimjon Abduvahobov.

Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni koʻp yillardan buyon davolab kelayotgan turkiyalik professor Dilek Unal “Medipol” klinikaning faoliyati haqida qisqacha toʻxtalib, yaqin kelajakda oʻzbekistonliklarga yaratilishi koʻzda tutilayotgan rejalarni ochiqladi.

«Mazkur memorandum Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamdoʻstlik aloqalarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Negaki, soʻnggi vaqtlarda “Medipol” klinikasi tibbiyotda dunyo miqyosida tan olinayotgan zamonaviy yangiliklar asosida, koʻplab bemorlarni hayotga qaytishlariga sabab boʻlmoqda.

Ushbu klinikaning nafaqat onkologiya balki koʻplab yoʻnalishlardagi xizmatlaridan foydalanuvchilar orasida oʻzbeklar ham koʻp. Endilikda oʻzbekistonliklar Turkiya borishlaridan avval, Oʻzbekistonning oʻzida, yaʼni “Numa diagnostics” orqali aniq tahlillar olish mumkin. Ahamiyatli jihati, bu tekshiruv xulosalari Turkiyaning “Medipol” klinikasida tan olinadi»,- deydi turkiyalik professor Dilek Unal.

Tadbir davomida mehmonlarga ushbu memorandumning tibbiyotga va aholiga foydali tomonlari va yaqin kelajakdagi rejalari haqida maʼlumot berildi.

«Bizning asosiy maqsadimiz xizmat koʻrsatish boʻyicha bemorlarning ishonch reytinggida 1-oʻrinni egallash”,- deydi "Numa diagnostics», - deydi markaz direktori Xurshida Qoʻchqorova.

Uning taʼkidlashicha, ushbu memorandum sogʻliqni saqlash sohasida uzoq muddatli oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan boʻlib, “Medipol” klinikasi va “Numa” diagnostika sogʻlomlashtirish markazi oʻrtasida sifatli xizmat koʻrsatishdan iborat.

Memorandum imzolanishi munosabati bilan, turk professorlari va “Numa diagnostics” koʻrsatmalari asosida oʻzbekistonlik onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bemorlarni, shuningdek onkologik muammolar bilan dunyoga kelgan bolalarni ham 26-27-fevral kunlari bepul koʻrikdan oʻtkazishdi.

Bundan tashqari kelajakda “Numa diagnostics” “Medipol” klinikasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib, JSI sertifikatiga asoslangan innovatsion klinika ochishni rejalashtirgan.

Maʼlumot oʻrnida, JCI sertifikati — tibbiy faoliyatda koʻrsatiladigan xizmatlar sifati uchun universal standartlar seriyasidir. Ushbu standartlar boʻyicha akkreditatsiya sogʻliqni saqlash sifatining eng yuqori darajasini bildiradi. Seriya standartlari 1995-yilda Xalqaro qoʻshma komissiya (JCI) tomonidan AQSHda ishlab chiqila boshlangan.

“Numa diagnostics” xizmatlari haqida quyidagi havolalar orqali batafsil maʼlumot olish mumkin:

Telefon: +998 55 513 33 33

Veb-sayt: numadiagnostics.uz

Instagram

Telegram

Izohlar 0

Fikr bildirish