So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Fargʻonacha spektakl: Fermer mulki bilan viloyat hokimini aldash kimning tashabbusi?
Kimningdir ogʻzaki topshiriqlari hech qachon qonunlardan ustun boʻlolmaydi. Fargʻona viloyatining Toshloq tumanidagi “Komiljon ota ziyo” fermer xoʻjaligining mulk huquqiga putur yetkazilgan.
Effect.uz xodimlari fermer xoʻjaligi rahbari Shukurillo Millaboyev murojaatiga koʻra, Fargʻonaga borishdi va u yerda Toshloq tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining noqonuniy topshirigʻiga qarshi choralarni koʻrishdi.
Noqonuniy topshiriq nimadan iborat boʻlgan desangiz tushuntirishim mumkinki, fermerning qariyb 2 mlrdlik kombayni bir necha oʻn kundan beri tumandagi klaster garajida saqlanib kelingan. Buning sababini na fermer na tumandagi masʼullar bilmaydi, yoki bilishni ham istamaydi. Barchasi viloyat hokimi Xayrulla Bozorovga borib taqaladi. Goʻyoki, Bozorov fermerlarning texnikasini “olib qoʻyinglar” degan.
Aslida, ichki ishlar xodimlari bir-ikki kun turib tursin, deya iltimos qilgan holatda kombaynni klasterga tegishli boʻlgan hududga olib kelishgan, fermer ham Ichki ishlar xodimlarini hurmatini namoyon etib, ularning iltimosini inkor qilmagan. Oʻrganishlarimiz natijasida, ayon boʻldiki, klaster garajiga bir “Komiljon ota ziyo” fermer xoʻjaligi rahbarining texnikasi emas, deyarli tumandagi barcha qishloq xoʻjaligi texnikalari olib kelingan.
Bizga maʼlum boʻlishicha, bu ishlar katta ehtimol bilan ayni vaqtda respublika boʻyicha klasterlar faoliyati oʻrganilishi ortidan amalga oshirilgan boʻlishi mumkin. Chunki Respublikadan kelgan tekshiruvchilarga klasterning qanchalik qudratli ekanini, uning koʻplab texnikalari borligini isbotlash kerak boʻlgan. Ammo oʻz huquqlarini lozim darajada talab qilishni biladigan fermer aytilgan 2-3 kunni kutgan boʻlsa ham, keyingi kunlarga sabri yetmagan.
Mulk achchigʻi, jon achchigʻi deyishganidek, fermer yillar davomida halol mehnati evaziga erishgan texnikani klaster hududidan chiqarib, oʻzining dala shiyponiga, texnikaning usti himoyalangan yaʼni qor-yomgʻir zarar yetkazmaydigan xavfsiz joyga olib borishga erishdi. Fermer oʻz haq-huquqlarini tiklashi uchun ozmuncha ter toʻkkani yoʻq, unga qoʻshilib, biz ham mantiqsiz buyruqqa qarshi kurashishimizga toʻgʻri keldi.
Shu kuni kombayn olib chiqib ketildi, fermer ham rozi ichki ishlar xodimlari ham vijdonlari oldida poklanishdi desak xato boʻlmaydi. Ha, doʻstlar Oʻzbekistonda ogʻzaki topshiriqlar emas balki qonun ustuvorligi mavjud, faqat uning ustuvorligini taʼminlash uchun qoʻrqoqlikdan voz kechib, biroz kurashishingiz, mardonavor talab qilishingiz kerak boʻladi.
Kombayn olib chiqilgach, biz fermer taklifiga koʻra uning dala shiyponiga bordik, u yerda kabutardan boshlab, toki ot-tulporlargacha, hatto parrandalar boqilayotganini koʻrdik. Dala hududida qurilgan shiyponda sharoitlar boshqacha, u yerda ishlagisi keladi odamni. Sizning ham Fargʻonaga yoʻlingiz tushsa, Toshloqqa kelib, Shukurillo akaning dalasiga borishingizni tavsiya qilamiz.