So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Uyushma raisi, Qarshi davlat universitetining yuriskonsultanti qoʻlga olindi
DXX tomonidan joylarda firibgarlik bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyildi.

Xorazm. Toshkent shahrida yashovchi, 1970-y.t. va Jizzax shahrida yashovchi, 1971-y.t. 2 nafar shaxs oʻzaro kelishgan holda, qurilish firmasi rahbariga, oʻzlarining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir tumanidagi 72,5 mlrd. soʻmlik ichimlik suvi tarmogʻini tortish loyihasini tender savdolarisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri olib berishni vaʼda qilib, evaziga obyekt qiymatining 6 foizini, yaʼni 4 mlrd. 350 mln. soʻm talab qilishadi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ular soʻralgan pul mablagʻidan 29 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur noqonuniy ishga Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida joylashgan, IIV huzuridagi 44-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumning aloqadorligi aniqlanib, yuqoridagi pul mablagʻidan 28500 AQSH dollarini olgan vaqtida u ham qoʻlga olindi.
Fargʻona
Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanidagi bogʻdorchilik va polizchilikka ixtisoslashgan uyushma raisi hamda Davlat kadastrlar palatasi Uchkoʻprik tuman filialining sobiq mutaxassisi hisoblangan, muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlari uchun bir necha marotaba sudlangan shaxs oʻzaro kelishgan holda, mazkur uyushma balansidagi 10 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib, kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 12600 AQSH dollari talab qilishadi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ular soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qashqadaryo
Qarshi davlat universitetining yuriskonsulti Koson tumanida yashovchi, 1991-y.t. fuqaroning Qozogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalaridan birida oʻqiyotganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlar tayyorlab, oʻqishini Qarshi davlat universitetining tibbiyot fakultetiga koʻchirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qiladi.
Lekin, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻidan 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



