So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Adolat tarozisi buzilgan kun. Prokuror protesti, “Pokiza” “pokazaniyasi” to'rt erkakni qamoqqa (goʻrga) tiqdi
Xalqimizda “ayol makri qirq tuyaga yuk boʻladi” degan maqol bor, bejizga soʻzimizning boshini ushbu maqol bilan boshlamadik, chunki Buxoroda birgina ayolning kasridan bir emas, naqd toʻrtta oila parokanda boʻldi…
Effect.uz ayollarga boʻladigan zoʻravonliklarga qarshi koʻp yillardan beri kurashib kelmoqda, tahririyatning pozitsiyasi ham shu! Surxondaryodagi singlimiz va Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga boʻlgan zoʻravonlikda ham qizlarning shaʼnini himoya qilib chiqqanimiz bunga yaqqol misol boʻla oladi.
Tahririyatimiz tomonidan eʼlon qilinadigan materialga bu safar odil sud va siz, aziz muxlislar xolisona baho berishingiz kerak, chunki bu yerda jamiyatning eng muhim boʻgʻini boʻlmish oilalar buzilib ketishi mumkin…
Sayoq yurgan tayyoq yeydi
(Maʼlumotlar tergov koʻrsatmalariga va hibsdagi shaxslarning yaqinlariga tayanib yozilgan)
Samarqand sayqali roʻyi zamin ast, Buxoro quvvati Islomi dini xast, barchamizga faxr boʻlgan mazkur satrlarda Buxoro Islom dinining gumbazi ekanligi aytilgan. Afsuski, dilni hira qiluvchi voqea olimu-ulamolar yetishib chiqqan Buxoro viloyatida sodir etilgan.
Murojaat bizga yetib kelganida avvaliga biz jabrlanuvchi deb atalayotgan ayolni oqlay ketdik, biroq hujjatlar dalillar bilan tanishar ekanmiz fikrimiz tamoman oʻzgardi.
Bu mavzuni koʻtarib chiqishimizdan yana bir maqsad jamiyatda axloqida nuqsoni bor xotin-qizlarning aka-ukalarimizga nisbatan tahdidlar qilib pul undirgan yoki qamatib yuborganiga guvohi boʻldik. Ammo biz bu gapimiz bilan bolalarni ham “oppoq” deya olmaymiz.
2022-yil 4-iyul jazirama yozning issigʻi toʻrt oʻgʻlonning yigʻilishiga sabab boʻldi va ular ulfatchilikdan keyin, oʻzlarining “Cobalt” rusumli mashinalarida shahar aylanishga qaror qilishdi. Coat tungi 03:00 da karaoke klubidan chiqib, yoʻl chetida ketayotgan Editani (nomi oʻzgartirilgan) uchratib qolishadi.
Shu vaqtda mashina ichida Sh.Yoriqulov, D.Saforov, H.Sharofov (nogironligi mavjud — tahr.) va E.Atoyevlar boʻlgan. yarim tunda uyiga qaytayotgan Editaning yoniga nomaʼlum bir yigit keladi va unga baland ohangda gapiradi.
Aybdor deyilayotgan Sh.Yoriqulov mashinadan tushib, Edita va oʻsha yigit turgan joyga boradi va “tinchlikmi?" deb soʻraydi, natijada yigitlar oʻrtasida tortishuv yuzaga kelib, dahanaki jang katta janjalga aylanib ketishiga sal qoladi, ammo tomonlar nizoni tinchlik bilan hal qilishadi.
Oʻsha vaqtda qizga koʻzi tushgan Sh.Yoriqulov uni avvallari tungi klublarda koʻrgani uchun tanib qoladi va qizga biz bilan “mashinaga chiq biroz aylanib keyin uyingga tashlab qoʻyaman” deydi, lekin qiz boshida unga rad javobini beradi.
Keyinchalik yigitlardan biri qizni koʻndiradi, Edita va toʻrt oʻgʻlon Toʻdakoʻldagi hovliga borishadi va u yerda qorovulga pul berib, oʻsha yerdagi xonalardan birini berishini yonida qiz bola ham borligini aytadi.
Qorovul xonalardan birining kalitini beradi Sh.Yoriqulov Edita bilan koʻngil xushlik qilish uchun kirib ketadi qolganlar esa tapchanda oʻtirishadi. Bir ozdan soʻng qaytib chiqqan, Edita bilan Yoriqulov tapchanda oʻtirgan oʻrtoqlari yoniga borishadi.
Qiz ulardan endi uyiga tashab qoʻyishlarini aytadi Sh.Yoriqulovning oʻrtoqlari bu qizni bekor olib kelganini “boshimizga balo boʻlmasa boʻldi deb gapirib qoladi.
Editaning soʻzlariga qaraganda, Sh.Yoriqulovning ishi bitgach, xonadan chiqqanlarin, shundan keyin Sh.Yoriqulov uni tapchanda oʻtirgan sheriklari oldiga olib borganida, D.Safarov unga tegajogʻlik qilib, u bilan xam birga boʻlishni aytgani, u rozi boʻlmasdan baqir-chaqir qilganida, u yerga qorovul M.Ruziyev kelib, “nima uchun janjal qilyapsizlar”, hozir IIBga xabar beraman” degan.
Shu joyda diqqatni tortgan narsa qorovul arzimagan 100 ming soʻm uchun oʻzini oʻtga uradigan darajada ahmoq boʻlmasa kerak. Yana shu joyida odam ikkilanib qoladi, qorovul jinoyatga sherik boʻlayotgan boʻlsa “militsiya chaqiraman” deyishi biroz haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, chunki bularga sharoit yaratib bergani uchun eng avvalo u jazo olmaydimi?
Editaning koʻrsatmasiga koʻra, bolalar uning qoʻl telefonini ham olib quyishgani qorovul bilan ayblanuvchilar gaplashib turganidan foydalanib, tapchanda turgan telefonini olib qochganini D.Safarov ortidan quvib chiqib, unga tosh otib haqorat qilganini va Sh .Yoriqulov uni piyoda quvib chiqqanini, shu orada tanishi Rustamga telefon qilib boʻlgan holatni aytayotganida katta yoʻlda “Tico” mashinasi kelib qolganini uni toʻxtatib, "Meni zoʻrlashdi tezroq ketaylik“ deganida haydovchi ”pul bersa uni ham olib ketaman“ deganini va ”Yoriqulov ham moshinaga chiqib olganida men mashinadan tushib qoldim, shunda u bir oʻzi mashinada ketdi, meni tanishim Rustam kelib moshinada olib ketdi" degan.
Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi agar Yoriqulov Editani tutib olish uchun quvlab kelgan boʻlsa nahotki uning orqasidan tushib qolmasdan moshinada ketib qolsa? Ahir maqsadi Editani tutish emasmidi?
Onasi tomonidan “oq” qilingan va bolasidan voz kechgan ayol
Murojaatni oʻrganish davomida Effect.uz jurnalistlari Edita va uning yaqinlari bilan bogʻlanishga harakat qilishdi, biroq urinishlar besamar ketdi. Lekin bizning qoʻlimizga Editaning onasi D.Adnaguzinaning sudga yozgan tushuntirish xati kelib tushdi.
(Foto. Editaning onasi D.Adnaguzinaning sudga yozgan tushuntirish xati)
Xatda onasi, qizi boʻlmish 1999-yilda tugʻilgan Edita yoshlik chogʻidan shaddod va erkaklarga nisbatan qiziqishi kuchli boʻlganini yozdi.
"Qizim 2017-yil 8-mart kuni uydan qochib ketib qaytib kelmadi Oʻshandan beri men u bilan muloqot qilmayman va men uni yomon yoʻlga kirib ketgani uchun qizim deb tan olmayman .
Men uni deb qamoqda oʻtirgan yigitlarga rahmim kelyapti. Sud raisi Edita oʻzining voyaga yetmagan farzandini tashlab ketib, yarim tunlari koʻchaga chiqishini inobatga olishini soʻrayman. Agar u yaxshi ona boʻlganida buning hammasi sodir boʻlmagan boʻlardi .Buni inobatga olinglar", - deb yozadi ona.
(Foto. Editaning turmush o'rtog'i tomonidan sudga yozilgan tushuntirish xati)
Shuningdek Editaning turmush oʻrtogʻi sud raisiga yozgan arizasida shunday deydi:
"Biz E.Adnaguzina bilan 2018-yil turmush qurdik va 2019-yil farzandli boʻldik. Edita bilan 2020-yilgacha yaxshi yashab kelayotgandik, ammo u negadir oʻzgarib qoldi. Uydan chiqib ketib, kunlab kelmasdi, begona erkaklar bilan muloqot qilardi.
Farzandimni menga tashlab ketib, tungi-klublarda yurardi. Mening farzandim onasiga oʻxshab tarbiyasiz boʻlishini istamayman”, — deb yozgan V.V.
(Foto. Editaning sobiq hamkasbi tomonidan yozilgan tushuntirish xati)
Bundan tashqari Editani yaqindan taniydigan va u bilan bir necha yil birga ishlagan R.G. unga shunday taʼrif bergan.
“Men Editani 1,5-yildan beri taniyman, u bilan birga ishlaganmiz. U haqida hech bir joyda yaxshi gap yoʻq. Ishxonada yengil tabiatlik qilib, mijozlar bilan chiqib ketardi. Shu ishlari uchun u ishdan haydalgan. Erining bir oʻziga voyaga yetmagan bolasini tashlab ketardi.
Koʻp odamlarni aldab, pulini olib ketgan. Unda farzandi boʻlsa, uni qanaqasiga majburlashadi?" - deb yozgan Editaning hamkasbi.
2023-yil 23-yanvar kuni Qiziltepa tuman sudi binosida yopiq sud boʻlib oʻtadi. Sudya onasi turmush oʻoʻrtogʻi va dugonasining arizalarini inobatga olgan holda D.Saforov, H.Sharofov (nogironligi mavjud — tahr.) va E.Atoyev va Toʻdakoʻldagi dam olish maskani qorovulning guvohlik bergan soʻzlarini eshitib, sud ekspertizasi xulosasiga tayangan holda odilona hukm chiqaradi.
Sud hukmiga koʻra, Sh.Yoriqulov jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismining “g” bandi va 137-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 5-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanadi.
Prokuror protesti
Oradan naqd 4 oy oʻtib, 2023-yil 13-aprel kuni Qiziltepa tumani prokurori E.U.Narzullayev Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining Sh.Yoruqulovga oʻqilgan sud hukmi ustidan protest kiritgan.
Qiziltepa sudi qonun va Oliy sud Plenumi qarori talablariga rioya qilmasdan, sudlanuvchi Sh.Yoriqulovga nisbatan jazo tayinlashda sudyaning noxolis qaror chiqarganini iddao qilib, JPK va JK ning bir nechta moddalarini notoʻgʻri tatbiq etgani va moddalarning sanksiyasida nazarda tutilmagan ozodlikni cheklash jazosini qoʻllashda erta xulosa qilinganini yozgan. Shundan keyin, hukm chiqargan sudyaga nisbatan hayfsan berilgan, sud ishi Jinoyat ishlari boyicha Konimex tumani sudiga oʻtadi.
Tergovdagi qiynoqlar, kutilmagan oʻlim va hujjatsiz nogiron
Prokuror protestidan soʻng, birinchi instansiyasida guvoh sifatida ishtirok etgan D.Saforov va H.Sharofov jinoyat ishiga ayblanuvchi sifatida jalb qilinib ularga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilgan.
Ularning ota-onalarining aytishicha, tergovchilar soʻroq vaqtida ularga nisbatan kuch ishlatishgan. Voqeaning asosiy aybdori esa Sh.Yoriqulov kasalxonada davolanayotgan vaqtida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
E.Atoyev onkologik kasallik turiga mansub oqqon (leykemiya) kasalligi ortidan 2023-yilning sentyabr oyida bandalikni bajo keltirgan. Murojaatni oʻrganish davomida biz uning qabrini ziyorat qilib keldik… Tahririyatimiz nomidan uning oila-aʼzosiga hamdardlik bildiramiz.
H.Sharofov – 2015-yilda avtohalokatga uchrab, ogʻir darajadagi tan jarohati olgan va jinoyatda jabrlanuvchi sifatida topilgan.
Avtohalokat oqibatida H.Sharofovning oʻng tomon koʻzi koʻrmay, oʻng tomon qulogʻi eshitmay qolgan, oʻng tomon boʻyin suyagi, burun suyagi singan, oʻng tomon yuz va jagʻ qismlari umuman ishlamaydi. Oʻpkasida juda koʻp, yaʼni 10 ta teshiklar mavjud boʻlib, hozirgacha bitmagan.
Editaning dastlabki tergov hamda sud tergovida avtomashina salonida Sharofovdan yordam soʻragani, u esa yordam bermagani toʻgʻrisida bergan koʻrsatmasi mutlaqo toʻgʻri kelmaydi. Ayni vaqtda qamoqda saqlanayotgan Sharofovning sogʻligʻi kundan-kunga yomonlashib bormoqda.
SUD HUKMI
Sudlanuvchi Yoriqulov.Shdan JKning 137-moddasi 3-kismi “b” bandi ayblovi olib tashlandi.
Sudlanuvchi JKning 118-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari va 137-moddasi 2-qismi “b,v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga:
JKning 118-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan 7-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum kilish jazosi, JKning 137-moddasi 2-kismi ”b,v" bandlari bilan 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shuningdek 59- moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yuli bilan uzil-kesil 8 (sakkiz) yil muddatga ozodlikdan mahrum kilish jazosi tayinlandi.
Sh.Yorikulov JKning 62- moddasi tartibida uzil-kesil 7 (yetti) yil 3 (uch) oy 17 (un yetti kun) ozodlikdan mahrum kilish jazosi koldirildi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Sudlanuvchi Safarov.D g jinoiy harakatidan JKning 137-moddasi 3-kismi “b” bandi chikarilib, unga JKning 118-moddasi 2-qismi ”v,g" bandlari va 137-moddasi 2-qismi “b,v“ bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga:
JKning 118-moddasi 2-kismi “v,g” bandlari bilan 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi,
JKning 137-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi,
D.Safarovga Uzbekiston Respublikasi JKning 59- moddasi tartibida tayinlangan jazolarni kisman kushish yuli bilan uzil-kesil 7 (yetti) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum kilish jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi D.Safarovga nisbatan qoʻllanilgan garov extiyot chorasi bekor kilinib, sud zalidan kamoqqa olindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda utash belgilandi.
Dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvchi D.Safarovga nisbatan qoʻllanilgan garov predmeti Navoiy viloyat IIB TB depozit xisob rakamida saklanayotgan 6.600.000 soʻm pullar sudlanuvchi D.Safarovni yakin karindoshlariga kaytarish belgilangan.
Sudlanuvchi Sharofov.X JKning 137-moddasi 3-qismi “b” bandi va 118- moddasi 2-qismi “g” bandi chiqarib yuborilib, unga JKning 118-moddasi 2-qismi “v“ bandi va 137- moddasi 2-qismi ”b,v" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga:
JKning 118-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum kilish jazosi,
JKning 127-moddasi 2-qismi “b.v" bandlari bilan 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, JKning 59- moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil 7 (yetti) yil 2 (ikki) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi Sharofovga nisbatan qoʻllanilgan garov ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalida kamoqqa olingan. Unga jazoni umumiy tartibli koloniyalarda utash belgilandi.
Dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvchi Sharofov.Xga nisbatan qoʻllanilgan garov predmeti Navoiy viloyat IIB TB depozit xisob rakamida saklanayotgan 6.600.000 soʻm pullar sudlanuvchi D.Safarovni yakin karindoshlariga kaytarish belgilangan.
Xulosa
Yangi Oʻzbekiston xalqiga adolat bugun kerak, kechikkan adolatning ham maʼnaviy, ham moddiy tovoni borligini unutmasak kifoya , Alisher Navoiy taʼkidlaganlaridek "qozi hukm vaqtida oshnoga ham, begonaga ham bir saviyada boʻlmogʻi, uning bilimdonligidan qalbi pokligidan kishilar koʻnglida unga shukuh ishiga diqqat–eʼtibor va farosat bilan munosabatda boʻlishidan bediyonat – vijdonsizlarning yuragida gʻam-anduh paydo boʻlmogʻi ,qozilarning shiori toʻgʻrilik va adolat boʻlmogʻi" lozimligini yana bir bor eslatib oʻtmoqchimiz.
Xorazmdagi mehribonlik uyida shaʼni toptalgan 3 nafar yosh qizlar hali ham yodingizda boʻlsa kerak. Adliya boshqarmasi boshligʻi va Yangi ariq tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi 10 oy davomida qilib kelgan ishlari uchun, ularga yengil jazo berilgandi.
Agarda ushbu masala ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilmaganida “yopilgan qozon, yopigʻligicha” qolardi. Xullas nima demoqchi boʻlganimizni tushungan boʻlsangiz kerak.
Buxoro viloyatidagi voqea qahramonlari oddiy oila farzandlari, ularning birida amaldorlik kursisi oʻrniga kasallik varaqasi, yana birida esa qabristondan abadiy yotoqxona, kamiga 7-yildan ziyod qamoq jazosi ham bor.
Avval ham aytganimizdek bugun xulosani odil sud va siz aziz muxlislar chiqarishinglar kerak. Biz esa faqatgina adolat, adolat va yana adolat deymiz.