So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Oʻzbekistonda toʻqqiz yildan buyon qidiruvda boʻlgan “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi aʼzosiga sud hukmi oʻqildi
Oʻzbekistonda toʻqqiz yildan buyon qidiruvda boʻlgan “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi aʼzosi boʻlgan margʻilonlik shaxsga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Abduhodiy Abdurahmonov 2010-2012-yillarda Rossiyada ishlab yurgan vaqtda mazkur diniy oqim taʼsiriga tushib, uning aʼzosi boʻlgan. Fargʻona shahrida akasi va bir qator shaxslardan iborat oqimning “jamoati”ni tashkil qilgan.
Uning yigʻilishlarida faol ishtirok etib kelgan. Yigʻilishlarda “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi tarafdorlari hamda boshqa diniy ekstremizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼruzalar, video va roliklar muhokama qilingan.
Oʻzbekistonda “Islomiy davlat” qurish, Suriya va boshqa arab davlatlariga hijratga chiqib, “jihodiy” urushlarda ishtirok etish, “shahid” boʻlishni maqsad qilgan.
Shuningdek, u 2014-yilda Turkiyada boʻlib turgan akasi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqaga chiqib, uning daʼvati asosida “jihodiy” urushlarda ishtirok etish va shu yoʻl bilan birodarlariga yordam berish maqsadida Rossiyadan Turkiyaga hijrat qilgan.
U yerda akasi bilan birga oqim aʼzolariga mablagʻ joʻnatib, ularni Suriyaga jihodga chiqarish bilan shugʻullanib kelgan.
Shuningdek, u Moskvada ham bir guruh oʻzbekistonliklarni “jamoat” yigʻilishlariga jalb qilib, ularni “jihod” qilishga daʼvat qilib kelganligi maʼlum boʻldi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan u tashkil qilgan “jamoat” aʼzolarining uyidan diniy oqimga tegishli, mamlakatimizda taqiqlangan materiallar daliliy ashyo sifatida olingan.
2023-yil mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan diniy oqim aʼzosi qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi. Sud hukmi bilan A.Abdurahmonovga 6-yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.