So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
“Alloh rozi boʻlsin, mingdan-ming rozimiz” – Samarqandda yordamga muhtoj oilaga Effect.uz obunachilarining xayr-ehsoni yetkazildi
Avvalroq, Effect.uz orqali Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi 52 yoshli Bahodir Farmonovning ogʻir boʻlgan oilaviy ahvoli yoritilib, Xalqdan oila uchun moddiy yordam soʻralgan edi.
Xalqimizning ushbu oila ahvoliga befarq qaramasligi, odamlarimizning rahmdilligi asnosida mazkur oilaga qariyb 3 mlnga yaqin ehson pullari yigʻildi. Effect.uz jamoasi yoʻl-yoʻlakay Payariqqa borib, B.Farmonovga yigʻilgan ehsonlarni yetkazdi va oilaning bugungi ahvoli bilan tanishdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq oila 830 ming soʻm nogironlik nafaqasi hisobiga kun kechirgan, achinarlisi, oilaning dunyo yuzini endi koʻrgan chaqalogʻi ham qulash arafasidagi toʻrt devor orasida tunlarini oʻtkazar edi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan oilaga yangi uy qurildi. Yangi uyning kamchiliklarini esa albatta, yaxshilarning xayriyalari orqali toʻldirishda yordamlashdik. Birgalikda, bu oila taqdiriga befarq boʻlmadik, qarab turmadik!
Alloh barchamizga ikki dunyo saodatini berib, qiladigan yaxshi amallarimizni koʻpaytirsin... Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom sunnatlariga ergashish ham – ehson, birovni kechirish ham – ehson, boshga kelgan musibat va ozorlarga sabr qilish ham – ehson, hatto birovga yaxshi muomala qilish ham – ehson.
“Beva va miskinga ehson qilish uchun harakat qilgan kishi Alloh yoʻlida jang qilgan, tuni bilan namoz oʻqigan va kun boʻyi roʻza tutib yurgan kishi kabidir" (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
Bahodir akaning oilasiga yana qoʻshimcha yordam berishni istaganlar uchun:
UZCARD: 8600530445287322
MASTER CARD: 5181000144609286



