So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Hoji aka bizga nimaga kerak, pulimizni berishsa boʻldi: Zafarobodlik fermerlar Jizzax Kenteksʻdan haqini ololmayapti…
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanidagi fermer xoʻjaligi rahbarlari Jizzax Kenteks klasteri bilan hisob-kitob ishlari yakuniga yetkazilmaganidan norozi boʻlib, tuman hokimligi binosiga yigʻilishdi. Fermerlar klaster rahbariyatidan va hokimlikdan masalani ijobiy yechimini soʻrashgan.
Effect.uzʻga maʼlum qilinishicha, klaster fermerlar bilan hisob-kitobda gʻirromchilikka yoʻl qoʻygan, jumladan, ortiqcha ustamalar ushlanib qolingan. Kredit foizini oshirgan, beriladigan mahsulotlar xususan, salyarkaning narxiga 10 foiz qoʻshimcha haq olgan.
Fermerlardan biri shu kuni klaster vakili va tuman hokimiga bayram uchun 20 mln soʻmdan naqd pul berish taklifini ilgari surdi. Klaster vakili esa taklifga “Xoji aka” bilan gaplashgandan soʻng javob berishini bildirdi. Fermerlar esa Hoji aka (kim nazarda tutilyapti tahririyatga nomaʼlum) bu masalada nima uchun kerakligini soʻrashgan.
Shuningdek, fermerlar Zomin-Zafarobod gʻalla klasteridan ham norozi, chunki bu klaster ham fermerlar oldidagi qarzdorlikni yopib bermayapti, natijada soliq toʻlovlari kundan-kunga oshib bormoqda, MIB xodimlari har kuni ularni bezovta qilyapti.
Effect.uz holat boʻyicha voqealar rivojini kuzatib boradi.