So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Sholi ekish va uni yetishtirishga qarshilik koʻrsatilmaydi” – Qishloq xoʻjaligi vazirligi Gurlandagi fermerlar noroziligi boʻyicha munosabat bildirdi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi EFFECT.UZ orqali yoritilayotgan Gurlandagi fermerlar masalasiga rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlumki, murojaatda fermerlarning bundan 5-yil avval hokim qarori orqali tanlovda qoʻlga kiritgan yer maydonlari tuman prokurorining daʼvo arizasiga koʻra, sud orqali zaxiraga qaytarilayotgani, sudlar ham bu borada juda faol ravishda ishlab, fermerlar manfaatiga zid boʻlgan qarorlarni qabul qilayotganligi bayon etilgan.
Qishloq xoʻjaligi vazirligining ishchi guruhi aʼzolari mazkur masala ortidan Xorazm viloyati, Gurlan tumanida oʻrganish olib borgan.
Oʻrganishda Gurlan tuman prokuraturasi tomonidan mazkur tumanda faoliyat yuritayotgan 37 ta sholichilik fermer xoʻjaliklariga Gurlan tuman xokimining “Sholichilik fermer xoʻjaliklari yer maydonlarini maqbullashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida Urganch tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza kiritilganligi aniqlangan.
Mazkur arizada Gurlan tuman xokimligi tomonidan fermer xoʻjaliklariga qoʻshimcha yer ajratish yuzasidan qabul qilingan qarorlarida tender tanlovlari oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaganligi va tanlovlar oʻtkazilmaganligi vajlari asos qilib koʻrsatilgan.
Ishchi guruh tomonidan tuman xokimligining ushbu fermer xoʻjaliklariga yer maydoni ajratish haqida qabul qilingan qarorlari va unga oid hujjatlarini oʻrganilganda, “Gurlan hayoti” gazetasida tanlov oʻtkazish boʻyicha eʼlon berilganligi hamda tanlov yakunlari boʻyicha yer uchastkalarini ajratish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish tuman komissiyasi bayonnomalari rasmiylashtirilganligi maʼlum boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, oʻrganish natijalari ishchi guruh aʼzolari tomonidan Gurlan tumani hokimi, prokurori va hokimiyat yuriskonsulti ishtirokida amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, Gurlan tumani madaniyat markazida mazkur shikoyatni yoʻllagan fermerlar bilan ham ochiq muloqot oʻtkazilgan.
Muammo yuzasidan fikrlari tinglangan. Qonuniy va ijobiy yechimga kelinishi boʻyicha tushuntirishlar berilgan.
Shu bilan birga Gurlanlik fermerlarga Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida har bir mahsulotning oʻz oʻrni va ahamiyati borligi maʼlum qilinib, sholi ekish va uni yetishtirishda moneʼlik boʻlmasligi maʼqulligi taʼkidlangan.