So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Oʻzbekistonda sud marhumni jarimaga tortdi
Toshkent viloyatining Chirchiq shahri sudi 2019-yil olamdan oʻtgan fuqaroni jarimaga tortish va qoʻshimcha majburiyatlar yuklash boʻyicha qaror qabul qilgan. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov shunday deydi:
Avvalgi postlarimdan birida Xorazm viloyatidagi sudda qozi marhumni “soʻroq qilgani” haqida yozgandim. Bugun qoʻlimga tushgan sud qarorida Chirchiq sudi sudyasi Ravshanov 4-yil avval olamdan oʻtgan odam - Abdukarim Mannonovga soʻroq qilmasdan xam jarima solibdi va unga majburiyatlar yuklabdi.

Bu shu yilning avgustida boʻlgan voqea, eski yilda qolsin, dedim. Ammo har safar bunaqangi qovunlar haqida yozganimizda Oliy sud va Sudyalar Oliy kengashining mutafakkir rahbarlari peshonasi tirisharkan –muammo ijobiy hal boʻlmaydi.

Avvalgi postimda Oliy sud umumiy yurisdiksiya sudlarining maʼlumotlar bazasini kengaytirishi uchun hech boʻlmaganda Ichki ishlar vazirligi yoki Davlat xizmatlari agentligi singari idoralarning bazasini yuklab olgani tuzuk, qabilida mulohaza bildirgandim. Shundan keyin tizimning ayrim rahbarlari omiligimdan kulgan boʻlishibdi oʻzlaricha. Ayrimlari meni “marginal” debdi...
Oʻshanda butun boshli sudlardan bitta uchastkavoy melisa kuchliroq, uning planshetida oʻlig-u tiriklardan tashqari kim kimning oʻynashi ekanigacha maʼlumotlar bor, degandim. Sudyalarimiz esa oʻzi sud qilayotgan odamning hatto tirikligini ham bilmaydi, bunday qovunchilar jazolanmaydi ham.
Mayli, Oliy sud va boshqa oliylardagi janoblar! Kulishda davom eting, zero tizimning butunlay sharmanda boʻlayotganini koʻpchilik koʻrib turibdi.