So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Ular kimni aldayapti: Zafarobodlik fermerlar Jizzax Kenteksʻdan nega norozi?
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanidagi fermer xoʻjaligi rahbarlari Jizzax Kenteks klasteri bilan hisob-kitob ishlari yakuniga yetkazilmaganidan norozi boʻlib, tuman hokimligi binosiga yigʻilishdi. Fermerlar klaster rahbariyatidan va hokimlikdan masalani yechishni soʻrashmoqda.
Maʼlum qilinishicha, klaster fermerlar bilan hisob-kitobda gʻirromchilikka yoʻl qoʻygan, ortiqcha ustamalar ushlanib qolingan. Kredit foizini oshirgan, beriladigan mahsulotlar xususan, salyarkaning narxiga 10 foiz qoʻshimcha olgan.
«Biz chegaradan chiqqanimiz yoʻq, shu bugun hamma bilan uchrashishimiz kerak edi. Viloyat hokimining ham xabari bor. Tuman hokimi muddat soʻragandi, klaster shartnomalarni soxtalashtirib yuborgan, soʻraydigan odam yoʻq. 28-dekabr kuni pullaringni beramiz, bayram qilasizlar deyishgandi.
Qonunda yoʻq narsalarni asos qilib koʻrsatadi. Soliqdan hammamiz qarz, soliqchilar uyga boryapti. Sunʼiy qarzdorlik bekorga kelib chiqmayapti. Hammasini tagida manfaat yotibdi. Ular kimni aldayapti, tagida surishtirsa, jinoyat kelib chiqadi», deydi fermerlar.
Shuningdek, fermerlar Zomin-Zafarobod gʻalla klasteridan ham norozi, chunki klaster fermerlar oldidagi qarzdorlikni yopib bermayapti, natijada soliq toʻlovlari kundan-kunga oshib bormoqda. Effect.uz voqealari rivojini kuzatib boradi.