So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
“Bu oʻyin emas! Hokim va prokurorga nisbatan xizmat tekshiruv tayinlanishi kerak” – Chorixon Qodirov gurlanlik fermerlar ishi haqida
Xorazm viloyatining Gurlan tumanida 40 dan ortiq sholichilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarining yer maydonlari prokurorning sudga kiritigan daʼvo arizasiga koʻra zaxiraga qaytarilayotgan edi.
Keskin eʼtirozlar ortidan tegishli idoralar holatga munosabat bildirib, adolatli yechim boʻlishiga vaʼda berishdi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutaxassislari va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruh 20-dekabr kuni Gurlanga yetib borib, fermerlar bilan uchrashdi. Yigʻilishda prokuror ham ishtirok etgan.
Keyin esa bir guruh fermerlar Toshkentga yoʻlga chiqib, kengash huquqshunosi Chorixon Qodirovdan yordam soʻrashgan.
Qodirov ayni kunlarda muhokamalarga sabab boʻlayotgan gurlanlik fermerlar ishida nohaq “oʻyinlar”, adolatsiz qarorlar qabul qilinganini bildirib, tuman hokimi va prokuroriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanishi kerakligini, ishni bir tomonlama koʻrgan sudyalarga nisbatan keskin choralar koʻrish zarurligini taʼkidlagan.
Shuningdek, u fermerlarga nisbatan boʻlayotgan adolatsizliklarga tez orada nuqta qoʻyilishi shartligini tushuntirgan.