So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Xonalar abgor, “dush” va ventilatsiya tizimi ishlamaydi — Samarqanddagi hushyorxonalarda holat qanday?

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili va Ombudsman huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining tuman va shaharlar tibbiyot birlashmalari tarkibida tashkil etilgan mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha tumanlararo (Urgut, Toyloq, Ishtixon, Paxtachi, Payariq, Bulungʻur tumanlari va Kattaqoʻrgʻon shahri) punktlariga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, monitoring davomida mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ayrim tumanlararo punktlarida bir qator salbiy holatlar aniqlangan.
Xususan, mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ayrim tumanlararo punktlarining xonalari taʼmirga muhtoj holda va belgilangan talab darajasida tashkil etilmagan, hojatxona va yuvinish xonalarida saqlanayotgan shaxslar uchun sharoitlar yaratilmagan hamda Bulungʻur tumanlari va Kattaqoʻrgʻon shahridagi hushyorxonalarning baʼzilariga ventilyatsiya tizimi oʻrnatilgan boʻlsada, ularning hech birida bu tizimlar ishlamasligi va boshqa kamchiliklar aniqlangan. Shuningdek, ushbu puntklarning ayrimlarida muddati oʻtgan dorilar ham saqlab kelingan.
Aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Ombudsman tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.
Taqdimnoma ijrosi boʻyicha olingan maʼlumotlarga koʻra, Urgut tumanlararo punktiga videokuzatuv kameralari oʻrnatilib, ishga tushirilgan.
Payariq va Paxtachi tuman punktida 10 ta koykali joy tashkil etilgan. Kattaqoʻrgʻon punktining hojatxona va yuvinish xonalarida bemorlar uchun sharoit yaratilib, ichimlik suvi tarmogʻiga ulanib, suv taʼminoti yoʻlga qoʻyilgan. Paxtachi tumanlararo punktida taʼmirlash va muassasa hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.
Shuningdek, Toyloq, Payariq tumanlari va Kattaqoʻrgʻon shahri tumanlararo punktlaridagi muddati oʻtgan dori vositalari yoʻq qilinib, oʻz ishiga sovuqqonlik bilan qaragan 3 nafar masʼul xodimga nisbatan “Hayfsan” intizomiy taʼsir choralari qoʻllanilgan.
Eslatib oʻtamiz, Taqdimnomada koʻrsatilgan faktlar hushyorxonalarga qayta monitoring tashriflarini amalga oshirish orqali tasdiqlangan. Ventilyatsiya tizimi bilan bogʻliq holat Ombudsman nazoratida turibti.



