So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Shaxsiy adovatmi yoki vatanparvarlik? Xorazmda sholikorlarning yerlari tortib olinyapti. Fermerlar adolat istab, Prezidentdan yordam soʻrashgan
Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻktam Masharipovga tegishli audio ijtimoiy tarmoqlarda keskin eʼtirozlarga sabab boʻlgan edi. Masharipov 18-fevraldagi yigʻilishda qizishganidan yoki jiddiy ohangda “ishlab tursam, davrimda birorta sholi fermer qolmaydi” degan edi.
Oʻktam Masharipov Gurlan tumanida uzoq yillar ishlagan, tumanning imkoniyatlarini qayerida yaxshi yoki qayerida yomon yer borligini obdon biladi.
2019-yil tuman hokimi Alisher Salayev lavozimdaligida 40 dan ortiq fermer xoʻjaliklarining yer maydonlari optimizatsiyadan oʻtkazilib, 1000 gektardan ortiq yer maydonlari sholichilik yoʻnalishida fermerlarga tanlov asosida uzoq yillik ijara xuquqi bilan ajratib berilgan.
Hozirgi kunga kelib esa, eʼtibor bering oradan besh yil oʻtib, tuman prokurori Qudrat Rahmonovning daʼvo arizasiga koʻra yer maydonlari fermerlardan sud orqali birin-ketin zaxiraga qaytarilmoqda.
Buning sababi esa katta ehtimol bilan Oʻktam Masharipovning 2023-yil 18-fevralda aytganlaridir. Masharipov taʼsiri hatto prokuror xonasiga kirib boribdimi, demak u yerda nimadir buzilgan.
Prokuror oʻz ishini bundan ancha yillar avval qilishi mumkin edi, u tumanga endi kelib qolgani yoʻq. Kamida 3-yillik faoliyati davomida Rahmonov biror marta bunday qarorga kelishni oʻylamagan ham hatto. Achinarlisi, prokuratura daʼvo arizasida notoʻgʻri, bir tomonlama maʼlumotlar yetarli.
Xususan, sudga fermerlar goʻyoki yerni toʻgʻridan-toʻgʻri olganlari toʻgʻrisida yozib bergan, prokuror tanlov oʻtkazilishi haqida 2019-yil 25-yanvarda Gurlan hayoti gazetasida chop etilgan eʼlonni koʻrmagandek, koʻrgan boʻlsa ham unga eʼtibor bermagandek ish tutgan.
Mustaqil sudlarimiz esa hozirgacha bir nechta fermer xoʻjaliklari manfaatiga zid qarorlar qabul qilib, prokuratura bilan hamkorlikni yanada yaqin oʻrnatishga kirishgan. Tasavvur qiling, 40 dan ortiq fermer xoʻjaliklarining ishi sudga oshiriladi, ulardan yerlar olinadi, keyinchi, keyin nima boʻladi?
Xorazm viloyatida sholi ekish masalasi umuman Oʻzbekistonda sholi yetishtirish ishlari bundan keyin ham davom ettiriladimi? Masharipovning bu savolga javobi qanday boʻlar ekan?
Xabaringiz bor Effect.uz bundan bir necha oy avval Qoraqalpogʻiston Respublikasining koʻplab hududlarida xususan, Amudaryo, Kegeyli, tumanlaridagi sholikushliklar toʻgʻrisida videoreportajlar tayyorlagan edi. Ushbu chiqishlardan soʻng Qoraqalpogʻistonda sholikushlik toʻxtatilib, ayrim yuqori lavozimdagi mansabdorlar tegishli idoralar oldida javob berishlariga toʻgʻri keldi. Keskin eʼtirozlar, tayyor xosilni badnom qilish unutilib, vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishga kirishildi. Bu kabi ishlar aynan Gurlan tumanida ham kelajakda sodir boʻlishiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Ajablanarlisi, prokuraturaning bundan besh yil avvalgi hokim qaroriga eʼtiroz bildirishi, sudlarning esa bir tomonlama ish koʻrishidan, javobgar boʻlayotgan hokimiyatning harakatsizligidan faqat va faqat fermer yoki qishloq xoʻjaligi soxasi zarar koʻradi. Axir hamma biladiku, Xorazm va Qoraqalpogʻistonning shoʻr bosgan yerlarida faqatgina sholi yetishtirish mumkinligini. Nahot oddiy haqiqatga koʻz yumilsa, bungacha Oʻzbekiston bozorlarini doimiy ravishda Xorazm va Qoraqalpogʻistonning gurunchlari toʻldirishi ham oddiy haqiqatlardan biri edi-ku.
Gurlanlik fermerlar oʻzlariga nisbatan qilinayotgan nohaqliklar haqida Prezident Shavkat Mirziyoyevdan amaliy yordam kutishmoqda. Chunki, ularning allaqachon xafsalasi pir boʻlgan. Sababi shu paytgacha bir qator davlat idoralariga qilingan murojaatlarning beoʻxshov natijasi. Hech bir vakolatli shaxs borki Gurlanga kelib, nima uchun bu ishlar sodir boʻlayotgani bilan qiziqmayapti.
“Prezident biz siz olib borayotgan siyosatingizga doim ishonib kelganmiz deydi”, fermer xoʻjaligi rahbarlari.
Tahririyatdan: Hurmatli, hokim oʻrinbosari Oʻktam Masharipov, hurmatli tuman prokurori Qudrat Rahmonov siz oʻtirgan kursilarda bungacha boshqalar oʻtirgan, tabiiyki sizdan keyin ham boshqalar oʻtiradi. Mansab abadiy emas, imkon borida oʻzingizdan yaxshi nom qoldirishga harakat qiling. Effect.uz voqealar rivojini yoritib boradi.