Qidirish

00:29 / 2022-12-15 479 1 Hodisalar

“Amaldorlarning muhokama qilinishi normal holat. Ammo gap alohida oila va ular bilan bogʻliq qonuniy jarayon haqida ketmoqda” – Rasul Kusherbayev

Holat ommaviy axborot vositalarida yoritilgach, jamoatchilikda turli fikrlar talqin qilinmoqda.

world-news

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Senat raisi Tanzila Norboyevaning qizi yashaydigan uyda sodir boʻlgan oʻgʻirlik holati boʻyicha munosabat bildirarkan, u doim qonunlarning har kimga avvalo uning fuqaro maqomidan kelib chiqib qoʻllanishi tarafdori ekanligini maʼlum qildi.

«Senat raisi qizining uyida boʻlgan oʻgʻirlik bilan bogʻliq jarayonlar koʻp muhokama qilindi. Va istaymizmi yoʻqmi holatga Senat raisi nomi orqali baho berilmoqda. Amaldorlarning muhokama qilinishini normal holat sifatida qabul qilaman. Toʻgʻri ular koʻpchilikning diqqat markazida boʻlishadi. Biroq ayni holatda gap alohida oila va ular bilan bogʻliq qonuniy jarayon haqida ketmoqda.

Har kim jabr koʻrganda fuqaro sifatida huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilish va huquqlarini tiklashni talab qilishi kafolatlangan. Shu jumladan, jabrlanuvchi sifatida aytilayotgan Senat raisining qizida ham.

Gap oʻgʻirlik holati haqida ketmoqda tamom vassalom. Bu jinoyat va bunda jabrlanuvchi kim boʻlishidan qatʼiy nazar qonun barchaga baravar huquqlardan foydalanish imkoniyatini berishi shart.

Tergov jarayonidagi holatlar: sud va ehtiyot chorasi bilan bogʻliq ishning JPK talablariga qanchalik mos olib borilgani boʻyicha esa javobgar prokuratura va sud organlari. Ular real holatni izohlab berishlari shart. Agar qonunlar notoʻgʻri qoʻllangan boʻlsa marhamat: ular ham qonun oldida javob berishsin. Asosiy istagimiz esa hech kim oʻgʻirlikdan jabr chekmasin, har kimning haqqi oʻziga buyursin!», degan Rasul Kusherbayev.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq bir qator ommaviy axborot vositalarida Senat raisi Tanzila Norboyevaga tegishli boʻlgan uyda ishlagan enaga tomonidan oʻgʻirlik jinoyati sodir etilgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi.

Shundan soʻng N.K IIBga ariza qoldirgan, ayol katta ehtimol bilan aybini boʻyniga olishi uchun IIB tergovchilarining qiynoq va bosimlariga uchragan. Bu haqda noligan ayol 7-dekabr kuni oʻziga nisbatan bosim oʻtkazgan tergovchilarga chora koʻrish haqida ariza yozgan.

Holat haqida inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ishdagi jabrlanuvchi – Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning qizi ekanligini va uydan pul oʻgʻirlashda gumonlanayotgan ayol 2-dekabr kuni soat 23:45da Toshkent shahar sudi sudyasi M. Kukiyev tomonidan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish boʻyicha ajrim chiqarganini ochiqladi.

N.K. ayolni qamoqdan chiqarish uchun yozgan arizasini qaytarib olgan, hozirda ayol yashash uyida boʻlib turibdi. Senat raisining qizi boʻlib oʻtgan hodisani onasiga aytmagan. U bu holatni shunday izohlagan:

«Yoʻq. Nega aytishim kerak? Hammaning oʻz oilasi, tashvishi bor. Shu oʻrinda bu voqeani nega Tanzila Narbayeva bilan bogʻlab talqin qilinayotganligini umuman tushunmayapman.

Mening ham hamma qatori oʻz oilam, hayotim va huquqlarim bor! Bunday holat istalgan odam bilan sodir boʻlishi mumkin axir. Har qanday fuqaro kabi men ham oʻz buzilgan huquqlarimni tiklash haqida tegishli ravishda murojaat qilish huquqiga egaman. Mana shu huquqimdan foydalandim xolos», degan N.K.

Maʼlumot oʻrnida, Doʻrmondagi maxsus qoʻriqlanuvchi uylardan birida oʻgʻrilik sodir etilgani va uy Tanzila Norboyevaga tegishli ekani tasdiqlandi.

Oʻgʻirlik sodir etilgan uy haqiqatdan Norboyevaga tegishli boʻlib, u davlat tomonidan, Senat raisi lavozimidagi faoliyati davri uchun berilgan, lekin uyda uning oʻzi emas, qizi yashagan.

Izohlar 1

Иван Васильевич
2022-Dec-15 03:33
Худо бор мана танзила конун узингга карши ишлади факат ковун туширасан
Fikr bildirish