So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Ilojsiz taklif: Olmazor hokimi snos ishida javobgarlikdan qutulib qolmoqchi…mi?
Kuni kecha Effect.uz orqali Olmazor tumani hokimiyati xodimlari tomonidan fuqaro Dilbar Umartoʻrayevaga tegishli boʻlgan savdo doʻkoni noqonuniy ravishda buzib tashlangani haqida video lavha yoritilgan edi.
Mazkur videoreportaj ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning keskin eʼtirozlariga sabab boʻlib, Oʻzbekistonda inson qadri snos masalasiga kelganda unutilishi haqida koʻp fikrlar taʼkidlangan.
Mazkur vaziyat boʻyicha Dilbar Umartoʻrayevaning oʻgʻli va kelini Senatning yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Dilorom Toshmuhamedova qabulida boʻlib, senator bilan masalani muhokama qilishgandi. Shundan soʻng fuqarolar oʻzlariga nisbatan qilinayotgan nohaqliklar boʻyicha Toshkent shahar IIBB boshligʻi Aziz Toshpoʻlatov qabuliga ham borishgan.
Yuqori lavozimdagi shaxslar qabuliga kirilgach, ishlar biroz oldinga siljib, senator Dilorom Toshmuhamedova aralashuvi bilan fuqarolar Olmazor tuman hokimi Azizxon Umarxonov bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazishgan va kelajakda qilinishi kerak boʻlgan ishlar haqida gaplashib olishgan.
Hokim fuqarolar bilan muzokara uchrashuvida buzilgan doʻkon uchun kompensasiya berish masalasi qaytadan koʻrib chiqilishini, doʻkon maydoni esa korrektirovka qilingan taqdirda koʻp qavatli uylar egalari yaʼni 100 dan ortiq boʻlajak qoʻshnilarning roziligi kerakligi haqida tushuntirgan. Deyarli ilojsiz masalani oʻrtaga tashlagan tuman hokimi barcha masʼuliyatni mulk egasi Dilbar Umartoʻrayevaning oʻgʻliga va boshqa mutassadilarga yuklagan. Xullas hokim, koʻp masalalarda vakolati yoʻqligini taʼkidlab, masʼuliyatni oʻzidan soqit qilishga harakat qilgan.
Hozircha tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, doʻkon buzilishida bosh qosh boʻlgan hokim yangi 2024-yildan boshlab boshqa lavozimga ishga oʻtishi mumkin va shunday boʻlgan taqdirda mulk egasining ishlari ancha chigallashib ketadi. Dilbar Umartoʻrayevaning yaqinlari tabiiyki hokimning boshqa ishga oʻtishidan jiddiy xavotirlarini bildirmoqda.
Hokimiyat qonuniy asoslari mavjud boʻlgan mulkni buzsa-yu, sud qarorisiz doʻkonni buzdirib, surbetlarcha na kompensatsiya na bir joyga joy bermasdan, masalani tinch yoʻl bilan hal qilish oʻrniga qoʻshnilardan borib ruxsat soʻrash kerakligini aytib, vaziyatdan osonlikcha qutulib qolsa… Qaysi zamonda qaysi davlatda yashayapmiz oʻzi? Poytaxt Toshkentda aqlga sigʻmaydigan holat va bu vaziyatdan hammaning xabari boʻla turib, goʻyoki hech kim koʻrmagandek…
Hokim uchrashuvda fuqarolarga ortda qolgan ishlarni unutib oldinga ketish kerak deydi, uchrashuvdagi fikrlarni tahlil qilib, ish jarayonlarini oldinga ketishdan koʻra ortga tashlanadigan qadam sifatida bemalol aytish mumkin… Mayli, hokim ham bir davlat xodimi u Xalq toʻlaydigan soliqlar evaziga maosh olyapti, u hech qachon odamlardan ustun boʻlolmaydi. Ammo biz ishonamizki, Umarxonovga qanchalik qiyin boʻlsada u fuqarolar dardini his qilgan holda Dilbar Umartoʻrayeva oilasiga amaliy yordam qoʻlini choʻzadi. Effect.uz voqealar rivojini kuzatib boradi…