So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
“Dolzarb 40 kunlik”.Fargʻonada “koʻcha bolalar” qoʻlga olindi
Fargʻona viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor vaziyat barqarorligini taʼminlash hamda jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha oʻtkazilgan tezkor-qidiruv va profilaktik tadbir oʻtkazildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, tadbirlar davomida 96 ta jinoyatlar aniqlangan. Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.
Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qoʻyildi.
Oʻtkazilgan tadbirlar natijasida, 5 kg 921 gramm giyohvandlik vositalari, 414 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, 42 ta qurol-yaroqlar, 221 ta oʻq-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Misol uchun, Toshloq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro oʻz xonadonida 8 dona jangovar ov quroli oʻq dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar oʻq-dorilar qonunga xilof ravishda saqlab kelinganligi aniqlandi.
Shuningdek, joriy yilning 9-dekabr kuni tezkor xodimlar tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar natijasida, muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165, 166 hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Margʻilon shahar Guliston MFY B.Margʻiloniy tor koʻchasi 11-uyda yashovchi 1988-yilda tugʻilgan, tezkor vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor B.Hamidov, shaxsga ogʻir tan jarohati yetkazib, yashirinib yurganligi aniqlanib ushlandi.