So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Toshkentda yana bir guruh “kriminal avtoritetlar” qoʻlga olindi
Toshkent shaxar IIBB tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” doirasida oʻtkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda Poytaxt IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

1. 1991-y.t. Abdullayev Axror Ravshan oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini oʻtkazish);

2. 1984-y.t. Maxmudxodjayev Saidaxmadxon Saidalimovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 276-moddasi 2-qismi, koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);

3. 1993-y.t. Xolmurodov Sunnatilla Choriyevich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi, ogʻir tan jarohati yetkazish).
Ushbu shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Shuningdek,

4. 1982-y.t. Xodjayev Abbosxon Axmadovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);

5. 1987-y.t. Muxamedjanov Azlarxon Botirovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);

6. 1984-y.t. Rustamov Umid Kamanjanovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini oʻtkazish)lar
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxsdan yoki guruh aʼzolaridan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.