So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Surxondaryoda chorvadorning rizqiga “oʻgʻri” tushdi... Qosimov va Ergashev qanday yoʻl tutadi?
Effect.uz Surxondaryo viloyatining Denov tumanida klaster va chorvadorlar masalasiga yana qaytdi. Chunki, Surxon elida ayrim chorvadorlarga mol-qoʻylarni oʻtlash uchun yaylov yoʻq, boʻlsa hamki, u qonunga zid ravishda tortib olinib, klaster tomonidan boshqa shaxslarga “pullanmoqda”.
Klasterga 30 yillik ijara shartnoma berishi mumkin emasligi tushuntirilgan boʻlsada, hozirgacha bu borada biror amaliy ish qilingani deyarli jamoatchilikka maʼlum emas.
Asosiysi, viloyatda chorvadorlarning asosiy yordamchisi boʻlishga vaʼda bergan Ulugʻbek Qosimovning ham klasterga aytganlari unutilgandek goʻyo. Prezident farmoni (6059 sonli) bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga ajratib berilgan yaylov maydonlarining aniq hisoboti hozirgacha toʻgʻri yuritilmagan.
Qoʻmitadan ijaraga olingan yaylovlar shunchaki klaster bilan kelishuv asosida yoki ijara shartnoma bilan berilayotgani shu paytgacha shu maydonlardan qonuniy foydalanib kelgan chorvadorlarning noroziligiga sabab boʻlgan.
Masala haqida koʻp gapirilgan boʻlsada, oradan vaqt oʻtib, vaziyat eski xammom, eski tos. Qosimov klaster rahbariga “koʻzingni ochib ol, odamlar tentak emas, Prezidentning qarorini teskari talqin qilma”, degan edi.
Xoʻsh, jiddiy ohangda aytilgan soʻzlar amalda qanday bajarildi? Qoʻmitaning yangi rahbari Iqboljon Ergashevning Denovdagi, umuman Surxondaryodagi yaylovlarga oid muammolardan xabari bormi?
Fermerlar huquqlarining himoyachisi Chorixon Qodirovning keltirgan soʻzlari qanchalik asosli? Muammoli vaziyatga adolatli yondashadigan vaqt allaqachon kelmadimikin?