So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
FVVdan norizo tadbirkor nolasi!
Tahririyatimizga kelgan maʼlumotlarga asosan, Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi Sh.M.Fozilov tomonidan, arizachi “HAMKOR PETROL” MCHJning javobgar Toshkent viloyati Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasiga nisbatdan, manfaatdor shaxslarning qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi shikoyatini va unga ilova qilingan hujjatlari koʻrib chiqib, ajrim chiqargan.
Sud tomonidan chiqarilgan ajrimga koʻra:
Arizachi, “HAMKOR PETROL” MCHJning javobgar Toshkent viloyati Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasiga nisbatdan, manfaatdor shaxslarning qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi shikoyatini ish koʻrishga qabul qilinsin va ish qoʻzgʻatilsin,
Ajrimga koʻra, ishni koʻrish 14-Noyabr sot 10:30 Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudi binosida boʻlib oʻtishi taʼkidlangan xamda Topilova D.X. mazkur ishga mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilinishi eʼtirof etilgan.
Eslatib oʻtishimiz joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Fuqarolik Ishlari boʻyicha Sudlov Hayʼatining ajrimiga koʻra, “javobgar Topilova.D.X hisobidan, unga mulk huquqida tegishli boʻlgan Chirchiq shahar U.Nosirov koʻchasi 1-2- yer uchastkalari yon qismida, muhofaza hududida hisoblangan 0,0433 ga zaxira yer maydonida qurilgan 3,5x12,85 kv.metr noqonuniy qurilma buzdirilsin va yer maydoni dastlabki holatga keltirilsin”, deya taʼkidlangan.
Mazkur murojaat boʻyicha tahririyatimiz oʻz surushtiruv ishlarini davom ettirmoqda.