So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Toshkent shahar IIBBdan 33 yoshli erkakning oʻligi chiqdi, prokuratura holat boʻyicha jinoyat ishi ochgan
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh Boshqarmasidan 33 yoshli shaxsning oʻligi chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt IIBB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29-iyul kuni soat 22.00larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasi “Birodarlar qabristoni” hiyoboni oldida 7-8 nafar shaxslardan iborat boʻlgan jinoiy guruh 1986-yilda tugʻilgan fuqaro M.R.ni urib-doʻpposlab, soʻng avtoulovga majburlab oʻtkazib, nomaʼlum xonadonga olib borib, jabrlanuvchini erkiga zid ravishda ushlab turib, unga nisbatan kuch ishlatgan holda pul talab qilgan.
Shuningdek, jabrlanuvchiga tazyiq oʻtkazgan holda, Turkiya davlatida boʻlgan nomaʼlum shaxslardan goʻyoki 860 ming AQSH dollari miqdorda qarz olganligi haqida majburlab tilxat yozdirib olishgan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, joriy yilning iyun oyida ushbu jinoiy guruh aʼzolari tomonidan tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi fuqaro M.R.ni Turkiya davlatida boʻlgan davrda 2 kun davomida erkiga zid ravishda nomaʼlum xonadonda majburlab ushlab turib, jabrlanuvchiga tazyiq oʻtkazish yoʻli bilan ota-onasi nomidagi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 300 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 2 ta hovlini jinoiy guruh aʼzolari nomiga rasmiylashtirgan.
Jabrlanuvchi shaxs ushbu jinoiy guruhning tajovuzlari va tazyiqlaridan qoʻrqib, mazkur holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki tibbiyot muassasalarga murojaat qilmay kelgan, biroq joriy yilning 31-iyul kuni sogʻligʻi yomonlashganligi sababli, shifoxonaga “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, oʻng yanoq suyagi sinishi, tanasida koʻplab shilingan jarohatlari” tashxisi bilan yotqizilgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida oʻtkazilgan bir qator tezkor tadbirlar natijasida, mazkur uyushgan jinoiy guruh aʼzolaridan 2 nafari, yaʼni 1990-yilda tugʻilgan U.D. (muqaddam JKning 164-moddasi (“Bosqinchilik”) va 166-moddasi (“Talonchilik”) bilan sudlangan) hamda 1991-yilda tugʻilgan F.X. (muqaddam JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) va 176-moddasi (“Qalbaki pul yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish”) bilan sudlangan) lar aniqlanib, qoʻlga olingan. Ayni paytda jinoiy guruhning qolgan aʼzolarini aniqlash va ushlash choralari koʻrilmoqda.
Joriy yilning 12-avgust kuni gumonlanuvchi U.D.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 224-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida u oʻzini yomon his qilayotganligini aytib, toʻsatdan yiqilib hushini yoʻqotgan. Holat boʻyicha tez-tibbiy yordam chaqirtirilib, IIO xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan, biroq tez-tibbiy yordam kelgunga qadar U.D. hushiga kelmay vafot etgan.
Birlamchi tashxisga koʻra gumonlanuvchining oʻlimi “Jigar sirrozi ogʻir stadiyasi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi” oqibatida yuzaga kelgan. Mazkur holat yuzasidan hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda, U.D.ning oʻlim sababini aniqlash boʻyicha tegishli sudga oid tibbiy-ekspertiza tayinlangan.
Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi ochilganini maʼlum qildi
Taʼkidlanishicha, Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan 2023-yilning 12-avgust kuni tezkor-qidiruv tadbiri doirasida bosqinchilik va boshqa jinoyatlar uchun gumonlanib olib kelingan fuqaro D.U. shu kuni IIBB maʼmuriy binosida vafot etgan. D.U.ning oʻlimi sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
D.U.ning vafoti yuzasidan bir qator tergov harakatlari oʻtkazish zarurati tugʻilganligi sababli, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 235 (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



