Qidirish

15:46 / 2023-06-22 3455 1 Maqolalar

Prezidentning tizimini aynan shunga oʻxshagan “kalamushlar” sharmanda qilmoqda – qashqadaryolik fuqarodan Sardor Umrzoqovga murojaat xati

Mazkur ariza Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqovga Qashqadaryo viloyati Moliya boshqarmasi boshligʻi Fayzulla Yusupovni ish faoliyati davrida milliardlab, trillionlab, samarasiz, maqsadsiz noqonuniy mablagʻlar aniqlanib, tegishli mutaxassislar tomonidan xulosalar berilgan boʻlsada unga nisbatan chora koʻrilmasdan hozirgacha davom etayotgan qingʻir ishlari toʻgʻrisida boʻlib, Dexqonobod tumanida yashovchi fuqaro AA. (ayol) tomonidan yozilgan.

world-news

Murojaat bilan shuni yozib maʼlum qilamizki, Qashqadaryo viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi Fayzulla Yusupovni ish faoliyati davrida doimiy ravishda amalga oshirib kelayotgan kirdikorlari noqonuniy xatti-harakatlari va ehtimoliy jinoyatlari haqida mingdan birini bildiramiz. Fayzulla Yusupov 2019-yil oktyabrdan boshlab, boshqarma boshligʻi boʻlib ishlamoqda. Kelgan kundan boshlab, guyoki oʻzining shaxsiy korxonasidek ish boshladi.

2023-yilning 22-may kuni Viloyat hokimligining “hokimlik soati” yigʻilishida Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov viloyat moliyani kattasi Fayzulla Yusupovga qattiq gapirib, “sen qulingga qalam olib viloyatni iqtisodini oʻyla, quruq men bergan pulni taqsimlashdan boshqa ish qilmaysan, qaysi quruvchidan qancha olaman dep oʻtirasan” deydi hamda tegishli huquqni muxofaza qiluvchi organlarga uning korrupsion faoliyati boʻyicha qattiq tekshirish boʻyicha topshiriq began boʻlsada, lekin xanuzgacha uning qingʻir ishlari boʻyicha tekshirish oʻtkazmayapti.

Oʻzbekiston qonunlari, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini va byudjet kodeksini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni 1 tiyinga olmasdan oʻz bilganicha ishlab kelmoqda. Natijada koʻpgina insofli, oʻgʻirlikdan qoʻrqadigan mutaxassislar boshqa joydan ish topib ketib qolishdi. Qolganlarini rotatsiya qildi, ishdan boʻshatdi.

Xullas oʻzining gapini soʻzsiz bajaradigan korrupsiyaga moyil sheriklarini shakllantirdi. Ish faoliyati davomida bironta xodimni oʻz kuchi, koʻp yillik mexnat tajribasi yoki bilimiga qarab ishga yoki lavozimga olmagan. Oddiy ishdan, tuman moliya mudirligi, tuman yoki viloyatga oʻrinbosarlikmi “2-10 ming dollargacha soqqasini” olmasdan qoʻymaydi, ishga qoʻyilmasligi haqida tizim xodimlari tomonidan baralla aytilmoqda.

Bunday raxbarni moliya tarixida koʻrmaganmiz, Prezidentning tizimini aynan shunga oʻxshagan “kalamushlar” sharmanda qilmoqda. Buning poraxoʻrligini Viloyat boshqarmalari ham tuman, shahar hokimlari ham juda yaxshi boʻladi, xattoki “15 foiz” degan laqabi xam bor.

Prezidentning 25.01.2023-yildagi PF-14 sonli Farmoni, Iqtisodiyot va moliya vazirining 15.02.2023-yildagi 14-sonli buyrugʻlariga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligining Qashqadaryo xodimlarini tanlov (suxbat) oʻtkazish orqali tanlab olish boʻyicha ishchi guruh shakllantirilganligi, ushbu ishchi guruhga va moliya vazirligi departamenti direktori birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari Vohidjon Rahimov, Qashqadaryo viloyat moliya bosh boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruh rahbari oʻribosari Fayzulla Yusupov belgilangan. Shtatlar qisqarishi munosabati bilan Ushbu ikki mansabdor shaxslar tomonidan til biriktirib, tanlov (suxbat) jarayonini nohalol, adolatsiz oʻtkazganligi, shuningdek tanlov (suxbat) noqonuniy mehnat qonunchiligiga rioya qilinmasdan (katta oʻyinlar) oʻtkazilgan. Bundan tashqari suhbatdan keyin bazi shahar va tuman moliya tizimining xodimlarga suxbatdan oʻtganligini lekin unga nisbatan xuquq tartibot organi (DXX) tomonidan berilgan qora roʻyxatda borligini aytib, tizimda ishlamasligini aytgan.

Ushbu qisqarish yaʼni yangi maʼmuriy isloxotlar boʻyicha Prezident farmoni ham bunga juda qoʻl keldi, toʻgʻri ishlaydigan, korrupsiyaga qarshi kurashadigan, toʻgʻri soʻzli kadrlarni ishdan boʻshatdi. Yana oʻzi yashaydigan joydan eng uzoq joyga joʻnatib yubordi. Aslida boshqarmaga quyi tashkilotlarga 4-5 yillar ishlagan bilimdon tajribali mutaxassislarni ishga olish kerak emasmi?

Boshqarmaga institutni tugatib, xech qanday tajribasiz, xech qayerda ishlamaganlardan 3 nafar, oʻzi ishga olgan baʼzilari nomutaxassis, baʼzilari sudlangan boʻlsada jinoiy ishlarni soʻzsiz bajaradiganlarni olib qoldi.

Suhbatdan oʻtmaganlar roʻyxatida boʻlgan (rahbarlarning sheriklari) 4 nafar xodimni sudlangan, nomutaxassislar) oradan 1 oy oʻtib xar xil yoʻllar bilan xammaning koʻz oʻngida adolatni boʻzib boshqarmaga ishga joylashtirib oldi, 1 nafarini Gʻuzor tumaniga moliya boshligʻi qilib yubordi. Shumi adolat?

Nima emish, Respublikadan oʻzlari xal qilib keldi. Moliya vaziri oʻrinbosari ruxsat berdi deyishadi. Ushbu tanlov (suhbat) jarayoni videotasvirga komissiya tomonidan olingan boʻlib ushbu tasvirni koʻrib chiqib, oʻrganib chiqishingiz soʻraladi.

Yana bir xolatda oʻzi uchun juda yaqin boʻlgan odam kadrlar boʻlimi boshligʻi Iskandar Rahmonov, Viloyat pensiya boshqarmasida boshliq boʻlgan vaqt birga ishlagan, yaʼni Yusupov Fayzulla, Iskandar Rahmonovni pensiyadan moliyaga olib kelgan, ular bir-biriga quda (Iskandar Rahmonovni ukasi Sardor Raxmonov Yusupov Fayzullaning akasi Yusupov Norqoʻchqorni qiziga oʻylangan) boʻlishiga qaramay noqonuniy ishlayapti, vaholanki 08.08.2022-yildagi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” gi OʻRQ-788-son Qonunning 13-moddasiga koʻra quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan aynan bitta davlat organiga birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevostia boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga cheklov oʻrnatilgan (maʼlumot oʻrnida Iskandar Raxmonov Qashqadaryo viloyat pensiya jamgʻarmasida kadrlar boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab yurgan vaqtida DXX tomonidan, ishga olish masalasida pora bilan ushlanib, firibgarlik moddasi bilan qutulib qolib, boshqa lavozimga yaʼni murojaatlar boʻyicha lavozimga oʻtib ketgandi, yaʼni sudlangan).

Yana bir holatda Fayzulla Yusupov oʻz bojasi Pardayev Shohruxni Qamashi tuman moliya boʻlimi rahbarligiga tayinlangan. Bundan tashqari ushbu suhbatdan oʻta olmagan Qashqadaryo viloyat moliya bosh boshqarmasida bosh yuristkonsulligidan boʻshagan (mutaxassiligi huquqshunos) Akmal A.B.ni mutaxassisiligi toʻgʻri kelmaydigan Qashqadaryo viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tizim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh iqtisodchi lavozimiga notoʻgʻri tayinlanganligini ushbu lavozimga fuqarodan ulush evaziga tayinlanganligi dalolatdir, ulush olmasa noqonuniy tayinlaydimi? (maʼlumot oʻrnida Akmal A.B ham firibgarlik jinoyati boʻyicha sudlangan)

Prezident tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni koʻrib turibmiz. Qanchalik qiyin boʻlmasin, xalqning farovonligini oʻylab chet eldan qarz olib kelib, uning 1 soʻmini maqsadli va samarali foydalanish kerakligiini, natijadorligini kutib turgan bir paytda xalqning mehnati va peshona teri evaziga yigʻilgan byudjet mablagʻlarini turli yoʻllar bilan sotishi xalqimizga, Prezidentimizga xiyonat emasmi?

Byudjet mablagʻlaridan qilingan oʻgʻirliklar, talon tarojliklar, asossiz maqsadsiz foydalanishlar xaqida qisqacha maʼlum qilamiz:

Jumladan;

1.Qashqadaryo Viloyat mahalliy byudjetining mablagʻlarini moliyalashtirilishi va maqsadli foydalanish samaradorligini oʻrganish natijasi toʻgʻrisida 2022-yil 17-may kuni Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorat departamenti bosh nazorat-taftishchisi J.Oʻsarov hamda Qashqadaryo viloyat davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi xodilari O.Begimqulov, J.Boboqulov, J.Yallayevlar tomonidan mutaxassis XULOSASIni berishgan. Ushbu xulosaga koʻra, Qashqadaryo Viloyat moliya bosh boshqarmasida 103 ta holatda 833,6 mlrd soʻmlik, sal kam 1 trillion soʻmlik oʻgʻirlik, talon tarojlik, asossiz foydalanishlar va korrupsion xolatlar aniqlangan. Natijasi nima boʻldi hech kim bilmaydi???

2.Oʻzining zoʻrligidan zavqlanib, Viloyat hokimini “bilmasvoy”ga chiqarib, Xalq deputatlari viloyat Kengashini aldab Viloyat mahalliy byudjeti parametrida tasdiqlangan, pulni yashirib, Byudjet tashkilotlarining smeta xarajatlariga kiritmasdan aloxida xisob raqamlar ochib yashirib qoʻyilgan mablagʻlar:

-2022-yilda Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi nomiga (tashkilot bilmaydi) alohida hisob raqam ochib, 15 mlrd soʻm mablagʻni yashirib qoʻygan xamda sotish uchun moʻljallagan va sotilgan.

-2023-yilda esa Qarshi shahar va Koson tumanlariga 12 mlrd soʻm yashirib qoʻyilgan.

3. Maktabgacha taʼlim muassaslarining oziq-ovqat tamʼminoti yaʼni atutsorsing xizmati uchun xar yili assosiz koʻplab mahalliy byudjet mablagʻlarini oʻtkazib bermoqda, birgina 2022-yilda 10 mlrd soʻm oʻtkazib yuborilgan. Byudjet mablagʻining egasi viloyat hokimi boʻladi jimgina aytganini qilishimiz kerak, bu hokimning topshirigʻi deb xech qanday hisob-kitobsiz berib yuborilgan. (shapka olib ulushni boʻlisha olmay sheriklari oʻzaro talashib qolishgan)

4. Hattoki, Prezident qarori bilan ajratilgan 2021-yil investitsiya dasturi mablagʻidan 2,6 mlrd soʻm mablagʻni boshqa sohalarga yoʻnaltirib yoʻbordi, vaxolanki ushbu Prezidentning qaroridaga bandiga asosan parametrga oʻzgartirish kiritish faqatgina Bosh vazir Abdulla Aripovga vakolat berilgan (Xar bir assosiz ajratilgan mablagʻ uchun soqqa oladi)

5.Qashqadaryo Viloyat mahalliy byudjetining tasdiqlangan mablagʻlarni ham oʻz bilganicha byudjet toʻgʻrisidagi qonunga, byudjet kodeksiga zid ravishda oʻzgartirib, boshqa sohalarga mablagʻlarni sotib (shapkasi 10-15 foiz) foydalanib kelgan. Qashqadaryo Viloyat bosh boshqarmasida ichki va tashqi qarzlarni qoplash uchun (ichimlik, oqava suv) byudjet parametrida tasdiqlangan mablagʻlarni asossiz ishlatgan, aslida viloyat hokimiga iqtisod qilingan mablagʻlarni koʻrsatib, Xalq deputatlari viloyat Kengashga kiritilishi va foydalanishi maqsadga muvofiq boʻlar edi. Jumladan

-2021-yilda ichimlik, oqava suvni qarzi uchun ajratilgan 13,2 mlrd soʻmdan, bor yoʻgʻi 20 mln soʻmni maqsadli ishlatgan, qolgan 13,2 mlrd soʻmni xar xil sohalarga sotib soqqa qilgan.

-2022-yilda 11,8 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsada, 6,5 mlrd soʻmini maqsadli ishlatilgan, qolgani 5,3 mlrd soʻmi mablagʻini boshqa sohalarga ishlatib yuborgan.

-2023-yilda esa 35,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, ushbu 35,5 mlrd soʻm mablagʻni xam asossiz “foydalanish uchun”sunʼiy koʻpaytirib olgan boʻlishi mumkin, toʻgʻri asosli ajratilganmi???

6. Qurilish sohasida shaffoflik deb bong uryabmiz. Qashqadaryo uni yoʻlini allaqachon topgan. Oldin qurilish fermasidan soqqani oladi, keyin byudjet tashkilotini topadi, qurilishni boshlaydi, ozroq ishlagandan keyin oʻzaro kelishib obyektga ishlar barjarildi deb hujjat qilishadi va sudga berib qarorini chiqarishadi. Qarabsizki, xech kim xalaqit bermaydi.

Qashqadaryoda byudjet tashkilotlariga qurilish mablagʻlari hamda boshqa xarajatlar byudjet kodeksiga zid ravishda yilning 1 choragida vaqtinchalik smeta xarajatlariga qoʻyiladi, qoyilmisiz???

7. Har bir byudjet tashkilotining harajatlar smetasiga moddalar boʻyicha mablagʻlar qoʻyiladi. Axlatni yigʻishtirish degan harajat moddasi bor. Bu moddadan “Toza hudud”, Obodonlashtirish boshqarmalari, Ekotrans tashkilotlariga xizmatlari uchun mablagʻ rejalashtiriladi. Keyingi yillarda ushbu moddaga koʻp-koʻp pullar qoʻyilib, 50 foizgacha shapkani moliya rahbari Fayzulla Yusupov va uning sheriklari oʻrtasida boʻlib olinmoqda, birgina misol; Chiroqchi sogʻliqni saqlash sohasiga ushbu moddaga doimiy ravishda 40-50 mln rejalashtirilgan hamda ushbu mablagʻ bir yilga yetgan.

Biroq, shovvozlarning tashabbusi bilan 2021-yilda dekabr oyida 450 mln soʻm mablagʻ, 2022-yilda ham 600 mln soʻmga asossiz ortiqcha rejalashtirilib, oʻzlashtirilgan. (ushbu holat boshqa shahar va tumanlarga xam bor)

8. Hisob palatasining 2022-yil 7-apreldagi R-57 Farmoyishiga asosan Qashqadaryo viloyat moliya bosh boshqarmasida Qashqadaryo viloyat mahalliy byudjetining 2021-yildagi ijrosini tashqi audit oʻtkazilgan tekshiruv natijasiga koʻp holatlarda katta miqdordagi xato va kamchiliklar yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan, ammo dastlabki dalolatnomadagi xato va kamchiliklar olib tashlanib (yashirilib), keyingi dalolatnaoma sip-silliq xato va kamchiliklarsiz xolatda rasmiylashgan. (oʻzgartirilgan)

9. Qashqadaryo viloyat moliya bosh boshqarmasi boshligʻi Fayzulla Yusupov mansabidan qastdan foydalanib, oʻzining bojasi Qamashi tuman moliya boʻlimi mudiri Shohrux Pardayev va qoʻl ostidagi xodimi Joʻrabekni tekshirishlarga joʻnatib, koʻplab byudjet tashkilotlardagi talon-taroj (kamomad)larni xaspoʻshlab yopib kelgan, masalan Qamashi tuman moliya boʻlimidagi xodim Joʻrabek Dexqonobod tumanidan koʻplab maktablarga tekshirish oʻtkazib talon-taroj (kamomad)larni yashirgan xati toʻgʻrisida dalolatnoma bor, shuningdek Fayzulla Yusupovning sherigi Dehqonobod tuman moliya boʻli xodimi Oybek Abrayev ham byudjet tashkilotlarni tekshirish davomida koʻplab kamomad va talon-tarojlarni kamaytirib yoki yopib kelmoqda. (Bular boʻyicha asosli hujjatlar bor)

10.Daromadlar rejasini oshiqcha bajarilishini yaxshisi tuman, shahar moliyasidan soʻrang, 5-10 foiz bilan hal qilinadi. Xohlasa bajarildi, xohlamasa bajarilmadi, boʻladi.

Xullas, Hisob palatasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan doimiy tekshirishlar boʻlib, koʻpgina jinoiy xolatlar aniqlanib dalolatnaomalar toʻzilib, xujjatlar tegishli organlarda hech qanday natijasiz qolib ketmoqda, oqibatda korrupsion holatlar avjiga chiqib sharmandali holatga kelib boʻldi. Byudjet mablagʻlarini soʻistemol qilib Toshkent shahridan 500 ming AQSH dollariga uy, 65 ming dollarga elektromobil, oʻgʻli Jasurga Equinox mashinasini, iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi haydovchisi Ahmad Odinayevni uyidagi Isuzi yuk mashinasini oldi va xokazo noturar binolar, turar joylar, boshqa mol-mulklarni yaqin qarindoshlari hamda tanishlarini nomiga rasmiylashtirib olgan.

Hurmatli raxbarlar bu kabi korrupsion holatlarga olib keluvchi raxbarlarga murosasiz boʻligshingizni hamda ish faoliyatini qatʼiy tekshirishlaringizni hamda ayrim sabablarga koʻra vakilim ishtirokida koʻrishingizni talab qilaman. (ayrim fakt, asoslar ilova qilinadi, hamda tekshirish davomida soʻralgan joylarga taqdim qilinadi!).

Arizachi: A.A. (ayol) (telefon: 95-444-07-60).

Izohlar 0

Fikr bildirish